«O‘zbekiston Qahramoni»


«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxsga «Oltin Yulduz» medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 05.05.1994 yildagi «"O‘zbekiston qahramoni" unvonini belgilash va oliy nishon – "Оltin yulduz" medalini ta'sis etish to‘g‘risida»


Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit