«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta‘limi xodimi»


Faxriy unvoni barcha turdagi umumta‘lim maktablarining, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, o‘qituvchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq ta‘limini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek xalq ta‘limi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit