​Abduholiqov Temurxo‘ja


711

Tug‘ilgan sana: 1991 Sentyabr 25
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Temurxo‘ja Abduholiqov (25.09.1991 yil, Toshkent ) - o‘zbek futbolchisi, Toshkent “Lokomotiv” hujumchisi.

U professional futbolda debyut sifatida 2009 yil “Bunyodkor”ning ikkinchi jamoasida o‘ynadi. Unda Abduholiqov 3 mavsumda ishtirok etib, 9 matchda o‘ynadi va 2 ta gol urdi.

Temurxo‘ja 2011 yil “Paxtakor” jamoasi tarkibiga o‘tdi. Yangi klubning debyut matchi 2011 yil 5 martda “Qizilqumga” qarshi bo‘lib o‘tdi, unda u 88 daqiqada darvozaga gol urdi. Ikkinchi golini Abduholiqov 2011 yil 16 martda OFK Chempionlar Ligasi matchida Qatar “As-Sadda” qarshi o‘ynaganda kiritdi.

Adbuholiqov 2014 yil 10 fevralda Xorvatiyaning Split shahrida “Xayduk” jamoasiga o‘tdi.

Temurxo‘ja 2012 yil 25 fevral O‘zbekiston terma jamoasida o‘rtoqlik matchida ilk bor Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi (2:4) ishtirok etdi. Aduholiqovning bu terma jamoasidagi yagona matchi hisoblanadi.

Yutuqlari

  • O‘zbekiston Chempioni: 2012 yil
  • O‘zbekiston Kubogi sovrindori: 2011 yil
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit