​Abzalov Rem Abzalovich


830

Tug‘ilgan sana: 1914 Iyun 28
Vafot etgan sana: 1983 Fevral 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent

Rem Abzalovich Abzalov (28 iyun 1914 yil Toshkentda 7 fevral 1983 yil vafot etgan) - mayor, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945 yil).

Tarjimai hol

Hozirgi O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan (boshqa manbalarga ko‘ra Tatariston Respublikasining Alastov tumanining O‘rta Baltay qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgani qayd etilgan). Tatar millatiga mansub. Boshlang‘ich ma'lumotni u madrasada o‘qib, bir vaqtning o‘zida kolxozda ham ishladi. Shundan so‘ng u Tataristonning - Qozon shahriga keldi, Rem u yerda ishchilar fakultetida o‘qidi. O‘qish bilan birga zavodda ham ter to‘kdi. 1936 yil kasaba uyushmasi viloyat maktabini tamomlaydi.

1930-yillarning oxiriga kelib, Qizil Armiya safiga qo‘shildi. 1939-1940 yillarda Sovet fin urushi ishtirokchisi. Safarbarlikdan so‘ng Rem Qozon aviatsiya zavodida qo‘mita raisi (hozirgi Gorbunov nomli Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) bo‘lib ishladi. So‘ng Qozon davlat universitetiga Ishchilar fakultetiga kirdi. 1941 yil SIKP a'zosi.

1942 yil Remni yana ikkinnchi bor Qizil Armiya safiga chaqirishdi. U siyosiy tarkib kurslarini tamomladi. 1942 yildan boshlab Abzalov Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisiga aylandi. U Ukraina, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Vengriya chegaralari janglarida qatnashdi. Rem Dunay daryosini kechib o‘tdi.

1944 yil 1 dekabrda gvardiya katta leytenanti Rem Abzalov 116- gvardiya kamonchilar qo‘shini rotasiga (40- gvardiya kamonchilar qo‘shiniga, 4-gvarliya armiyasiga, 3-Ukraina frontiga) qo‘mondonlik qilib, Rem Abzalov Dunay daryosini kechib o‘tib, 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Vengriyaning Paksh shahrida Dunapatay qishlog‘ida turib jang qildi. Qo‘shin boshlang‘ich maydonni 100 tasini ishg‘ol qilib, 145 nafar askarlarni asirga olishdi.

1945 yil 24 martda gvardiya katta leytenanti Abzalov Rem Azalovichni SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi Qaroriga ko‘ra, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashish davomida jang topshiriqlarini namunali bajargani va shunga ko‘ra ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi, Lenin ordeni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan mukofotlandi.

Urushdan so‘ng R.A.Abzalov SSSR Qurolli Kuchlarda o‘z faoliyatini davom ettirdi. 1946 yil “O‘q uzish” kurslarini tamomladi va Turkiston harbiy okrugi qo‘shini qo‘mondoni bo‘ldi. 1950-1960 yillarda Toshkent shahrining harbiy komissari bo‘ldi. Abzalov iste'foga mayor unvoni bilan chiqdi. 1983 yil 7 fevralda bu yorug‘ olamni tark etdi. Uni Toshkentdagi Harbiy Qahramonlar qabristoniga dafn etildi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit