​Arends Alfred Karlovich


547

Tug‘ilgan sana: 1893 Oktyabr 4
Vafot etgan sana: 1977 Iyun 20
Tug‘ilgan joyi: Sankt-Peterburg
Yo‘nalishlar: Tarixchilar

Arends Alfred Karlovich (04.10.1893 — 20.06.1977) - mashhur sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

Tarjimai hol

1893 yil 4 oktyabrda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan.

1902 yildan 1905 yilgacha Sankt-Peterburgdagi K.Maya nomidagi mashhur maktabda o‘qigan. 1905-1911 yillarda Yekaterina nemis bilim yurtida tahsil olgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi, 1923 yilgacha Qizil armiya safida xizmat qilgan.

Leningradning tirik sharq tillari institutida talabalik davrida (LIJVYA) (1923-1926) lingvistik qobiliyatini namoyon etgan va Ishchi-dehqon qizil armiyasi (VVS RKKA) Harbiy-texnik maktabida fors tilidan o‘zi dars bergan.

1926-1929 yillari aspirant, 1926-1930 yillari o‘qituvchi (assistent). Avvalida fors ilmiy-texnik terminologiyasi bilan, so‘ng fors lekskografiyasining boshqa keng jihatlari bilan shug‘ullandi. Keyinroq Eron, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston tarixini o‘rganishga e'tiborini qaratdi, ushbu mamlakatlar tarixiga oid manbalarni nashr etdi.

1930-1936 yillarda Leningrad sharqshunoslik instituti (LVI) Fors tili bo‘limi mudiri va dotsent; N.A.Belgorodskiy va A.A.Romaskevich bilan birgalikda fors-rus terminologiya lug‘atini tayyorlash ustida ishlagan; «XIX asr boshigacha Eronning G‘arbiy Yevropa bilan iqtisodiy aloqalari tarixiy ocherki» ni yozdi.

1936 yildan Sovet Ittifoqi FA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Eron xonasi olim-mutaxassisi. 1938 yili filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi dissertatsiya himoyasisiz berilgan.

1942 yili mart oyida, shu vaqtda shaharda qolgan peterburglik nemislar qatorida, Leningraddan surgun etilgan. 1947 yilgacha “maxsus surgun etilgan” lar sharoitida, Quyi Tagilda og‘ir sharoitda ushlangan. So‘ng Toshkentga ko‘chib keldi va bu yerda O‘rta osiyo davlat universiteti (SAGU) eron filologiyasi kafedrasiga rahbarlik qildi. 1952 yildan nafaqaga 1974 yil chiqqunga qadar O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida qo‘lyozma yodgorliklarni tadqiq etish va nashr etish bo‘limi mudiri edi.

Ijodi

O‘rta Osiyo va chegaradosh davlatlar tarixi bo‘yicha yozma manbalar tarjimasi nashrini davom ettirdi. An'anaviy sharq fan tarixi, xususan, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayxon Beruniy merosi bilan ko‘p shug‘ullandi.

1963 yili nashr etilgan monografiyasi (“Mas'ud tarixi”) bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

Alfred Karlovich Arends 20 iyun 1977 yili Toshkentda vafot etdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit