​Arzumanov Gennadiy Georgiyevich


1148

Tug‘ilgan sana: 1938 Yanvar 1
Vafot etgan sana: 2017 Sentyabr 23
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Arzumanov Gennadiy Georgiyevich - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Arzumanov Gennadiy Georgiyevich 1938 yil 1 yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. 10-sinfda o‘qib yurgan vaqtida “Spartak” sport jamiyatining yengil atletika sektsiyasiga keladi. Bir yil o‘tgach, Respublika maktab o‘quvchilari spartakiadasida g‘olib chiqib, sobiq Ittifoq miqiyosida bir qator musobaqalarda ishtirok etgan. 1964 yildan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi a’zosi bo‘lib, to‘rt marta federatsiya vitse-prezidentligiga saylangan. 

1964-76 yillarda respublika yoshlar terma jamoasiga katta murabbiy sifatida ish yuritgan. 1980-1998 yillar mobaynida Olimpiya o‘yinlari hakamlar hay’atining a’zosi va raisi bo‘lgan. 1985 yilda sport bo‘yicha faxriy hakam unvoni bilan taqdirlangan. 

2000 - 2001 yillarda O‘zbekistonda eng yaxshi hakam unvoniga sazovor bo‘lgan.

Gennadiy Arzumanov shu kungacha yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari sport hakamlari Assotsiatsiyasi raisi va Osiyo hakamlar Assotsiatsiyasining texnik rasmiy vakili edi.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Georgiyevich Arzumanov 2017 yil 23 sentyabrda 80 yoshida vafot etdi.

Gennadiy Georgiyevich sportchilarga xos soddadil, kamtarin inson, matonatli sportchi, shu bilan bir qatorda hamkasblariga nisbatan doimo mehribon hamda g‘amxo‘r inson sifatida hurmat va obro‘ga egadir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit