​Ashirov Olimjon Masaliyevich


712

Tug‘ilgan sana: 1955 Yanvar 25
Vafot etgan sana: 1979 Avgust 11
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Ashirov Olimjon Masoliyevich (25 yanvar 1955 yil Toshkent, O‘zbekiston — 11 avgust 1979 yil Dneprodzerjinsk Ukrainada aviahalokat sababli halok bo‘lgan) —o‘zbek futbolchisi, himoyachi.

U Toshkentdagi G.Titova nomli OZRO‘YU (Olimpiya zahiralari Respublika o‘quv yurti) tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ashirov barcha futbol sohasidagi faoliyatini Toshkent “Paxtakor” jamoasi tarkibida o‘tkazdi. 11 avgust 1979 yil mash'um voqyea Dnepordzerjinsk Ukrainada aviahalokat fojiasi tufayli barcha jamoadoshlari bilan birga uni ham halok qilgan. Aviahalokatdan so‘ng Ashirovga “Sovet Ittifoqi sport ustasi” unvoni berildi. U futbol sohasidagi faoliyatini “Paxtakor” jamoasi tarkibida o‘tkazgan bo‘lsa ham, Ashirov 149 matchda to‘p surdi va 5 ta golni darvozaga yo‘llagan.

Olimjon Ashirov halok bo‘lgan jamoa a'zolari bilan birga Toshkent Botkino qabristoniga dafn etilgan va ularga haykal o‘rnatilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit