​Bogdanov Oleg Pavlovich


428

Tug‘ilgan sana: 1925 Mart 26
Vafot etgan sana: 2007 Oktyabr 10
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Biologlar

Bogdanov Oleg Pavlovich (1925—2007) — sovet va o‘zbek zoolog-olimi, biologiya fanlari doktori, professor, Sovet Ittifoqi davrida gerpetologiyani asoschilaridan biri sanaladi.

Tarjimai hol

Bogdanov o‘zining ilmiy faoliyatini O‘rta Osiyo davlat universitetidan boshlagan. So‘nggi yillarda u O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi zoologiya institutida ishladi.

Olim zoologiyadagi ilmiy tadqiqot ishini keng qamrovli — O‘rta Osiyoning bo‘g‘imoyoqlilaridan tortib sut emizuvchilarigacha, amfibiya, sudralib yuruvchilar va qushlarni ham o‘z ichiga oladi.

Ilmiy yutuqlari: O‘rta Osiyoda birinchi ilon qo‘riqlanadigan joyni barpo etish, ilonlarni urchitish va ushlash uslubi muallifi, ilon va chayonlar zahrini xavfsiz olish, ko‘rshapalaklarni yangi turini yaratish, O‘zbekiston faunalarini birinchi qaydnomasini yozib qoldirish bo‘yicha olim ilmiy yutuqlarga erishdi.

Ilmiy ishlari: «O‘zbekiston jonivorlari», «Sudralib yuruvchilar ekologiyasi», «O‘zbekiston hayvonot olami», «O‘zbekiston qo‘riqxonalari» va boshqalar. Bu ilmiy ishlari bir necha bor qayta nashr etilgan. U “Gerpentologlar qaydnomasi”, “Kim Gav dedi?” nomli ilmiy-ommabop va bolalar uchun kitoblar yozdi.

Ilmiy faoliyati davomida Bogdanov 20 dan ziyod fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorladi, AQSH, Germaniya va Fransiya mamlakatlarida zoologlar va gerpentologlar bo‘yicha ilmiy jamiat a'zosi bo‘ldi.

O.Bogdanov Toshkent (O‘zbekiston) Botkino qabristoniga dafn etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit