​Borisov Viktor Vasilyevich


1183

Tug‘ilgan sana: 1941 Oktyabr 17
Vafot etgan sana: 2015 May 16
Tug‘ilgan joyi: O'zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Borisov Viktor Vasilyevich (lot. Viktor Vasilyevich Borisov; 17 oktyabr 1941 yil — 16 may 2015 yil) — sovet va o‘zbek futbolchisi va murabbiysi.

Tarjimai holi va faoliyati

Futbol o‘ynashni FK “Yangiyer” da boshladi, ammo tizzasi tufayli futbolchi faoliyatini ko‘p o‘tmay yakunlashga majbur bo‘ldi.

Murabbiylik faoliyatini “Toshkentkabel” zavodi jamoasi bilan boshladi. 1979 yili Borisov “Bo‘ston” (Jizzax) jamoasini qabul qildi va uni Sovet Ittifoqi birinchi ligasiga olib chiqdi. Bu yutug‘i uchun Borisovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvoni berildi.

1980-1982 yillarda Viktor Vasilyevich Moskvadagi murabbiylar Oliy maktabida tahsil oldi. 1984-1985 yillarda –O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, bir ozdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. Terma jamoa Kiyevda Sovet Ittifoqi xalqlari Spartakiadasida ishtirok etdi. Respublika termasi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, finalga chiqib, kichik tafovut bilan mezbon jamoasiga o‘yinni boy berdi. Mashhur murabbiy Valeriy Lobanovskiy kumush medal olgan O‘zbekiston termasi o‘yini sifatidan hayratga tushdi va terma jamoa murabbiysi Viktor Borisovni maqtadi.

1988-1990 yillarda Borisov — Toshkentning “Paxtakor”i murabbiylaridan biri, O‘zbekiston mustaqil chempionatlari boshlanishi bilan 1992 yili chempionatda uchinchi o‘rinni olgan Jizzax “Sug‘diyona”ga murabbiylik qildi.

1997-1998 yillarda Viktor Vasilyevich “Nasaf” (Qarshi) jamoasi bosh murabbiysi, 2000 yildan esa O‘zbekiston olimpiya termasi bosh murabbiyi. U O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan.

Murabbiy Borisovning eng katta yutug‘i yoshlar terma jamoasini Jahon chempionati finaliga olib chiqqani bo‘lgan. Jahon birinchiligida termaga murabbiylikni germaniyalik mutaxassis X.Yu.Gedega topshirishgan, Borisov bunda yordamchi murabbiy edi. Gede murabbiyligida terma jamoa guruhdan chiqa olmadi.

Viktor Borisov “O‘zbekistondagi eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasida bir marotaba ikkinchi va ikki marotaba uchinchi bo‘lgan.

Oxirgi yillari Moskvada yashadi. 2004 yili rossiya fuqaroligini oldi. 2015 yil 16 mayda vafot etdi.

Oilasi

Borisovning o‘g‘li Aleksandr (1972) 1990 yillarda O‘zbekiston oliy ligasi jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit