​Borzova Yuliya Vladimirovna


564

Tug‘ilgan sana: 1981 Yanvar 14
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Yuliya Vladimirovna Borzova (14 yanvar 1981, Yangi-Hayot) - o‘zbek eshkakchisi, O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2001-2012 yillar davrida ishtirok etgan. Ikki yillik Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, ikki karra Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibasi, milliy birinchilikning ko‘p karra chempioni.

Tarjimai hol

Yuliya Borzova 1981 yil 14 yanvar kuni Toshkent viloyatining Yangi Hayot shaharchasida tavallud topgan. Sakiz yoshidan buyon eshkak eshish bilan faol shug‘ullanib keladi, T.Mamatqulova va A.Shubina murabbiyligi qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rgan.

Uning eng katta yutug‘im 2001 yil O‘zbekiston milliy terma jamoasidan o‘rin egallab, Polshaning Poznan shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etib - yakka tartibda eshkak eshish bo‘yicha 200 metrga suzib, oltinchi o‘rinni egalladi, juft tartibda eshkak eshish bo‘yicha 1000 metrga suzib o‘tib, to‘qqizinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bir yil o‘tib, Jahon Kubogida birinchi chiqishini qilgan va Pusanda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Sevilda bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida ham qatnashgan, bir vaqtning o‘zida uchta yo‘nalishda qatnashgan, lekin hech birida sovrindorlikni qo‘lga kiritmagan. Yana bir yildan so‘ng Amerikaning Geynsvillida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida to‘rt o‘rinlik ekipaj bilan ikki yuz metrlik masofaga suzish bo‘yicha medal uchun kurashgan, finalga yo‘llanma olgan, biroq hal qiluvchi vaqtda sakkizinchi bo‘lib kelgan.

Ketma-ket muvaffaqiyatli chiqishlari sababli 2004 yil Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilish sharafiga muyassar bo‘lgan, 500 metrga suzishda yakka tartibdagi eshkak eshishda qatnashgan, biroq yarimfinallik bosqichgacha yetib borgan. Olimpiadadan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy guruhida qolgan va yirik xalqaro musobaqalarda qatnashishda davom etgan. Shunday qilib, 2005 yil Malaziyaning Putradj shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bir nechta medallarni qo‘lga kiritgan, jumladan, bitta oltin,to‘rtta kumush va ikkita bronza medallarga sazovor bo‘lgan. Keyingi yil Dohada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida 500 metrlik masofaga suzish bo‘yicha yakka tartibdagi dasturda barcha raqiblarini yengib, chempionga aylangan. Bundan tashqari, Vengriyaning Segedida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashgan va yakka tartibda 200 metrga suzish bo‘yicha g‘alabaga erishish uchun juda yaqin bo‘lgan, shunga qaramay, finishga to‘rtinchi bo‘lib suzib kelgan.

Keyinchalik Yuliya sportda uch yillik tanaffus olishiga to‘g‘ri keldi va 2009 yil Borzova yana katta sportga qaytib kelib, Tehronda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda Osiyo birinchiligini qo‘lga kiritib, beshta medalni qo‘lga kiritgan: ikkita oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali. Guanjouda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida K-4 500 m dasturi bo‘yicha shohsupaning ikkinchi o‘rnigacha ko‘tarilgan, keyinroq Segedda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashib, Tehronda yana bir Osiyo chempionatida bo‘lgan va medallar kolleksiyasini uchta bronza va bitta kumush medal bilan to‘ldirgan. Jahon Kubogi bosqichi natijalariga ko‘ra, eng yaxshi eshkakchilar orasida yigirma ikkinchi o‘rindan joy olgan. Sportda yetakchiligini yana bir bor tasdiqlab, 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari saralash bosqichidan o‘tgan, mamlakatimizni bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalishida ishtirok etgan, yakka tartibda 200 va 500 metrga suzish - ikkita holatda ham yarimfinalgacha yetib borgan va yigirma to‘rtinchi hamda yigirma birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Tez orada Olimpiya musobaqalaridan keyin Yuliya Borzova professional sportchilik faoliyatini yakunlab, o‘zbek eshkakchilar yosh jamoasiga o‘rnini bo‘shatib berishga qaror qiladi. Hozirda Toshkentda istiqomat qiladi. Oliy ma'lumotli. 2004 yil O‘zbekiston Davlat jismoniy tartiya institutini suzish va eshkak eshish fakultetini tamomlagan.

Sergey Borzov ham juda mashhur eshkakchilardan bo‘lib, ko‘p marotaba milliy jamoa saralash bosqichidan o‘tgan va turli xil nufuzli musobqalarda qatnashgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit