​Fatkulin Kamil Mahmudovich


1453

Tug‘ilgan sana: 1957 Iyul 1
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Fatkulin Kamil Mahmudovich 1957 yil 1 iyulda tug‘ilgan.

O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan murabbiy, SSSRda xizmat ko‘rsatgan sportchi, afsonaviy yunon-rum kurashichi.

Kamil Mahmudovich Fatkulin sobiq SSRning klassik uslubidagi yunon-rum kurashchisi, SSSR chempioni va chempionat sovrindori, Yevropa va Jahon chempionatlari sovrindori, SSSR va xalqaro toifadagi "Sport ustasi" (1978), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

1969 yildan boshlab kurash bilan shug‘ullana boshladi. 1973 yilda u SSSR sport ustasi nomzodligining normativlarini bajardi. 1975-1982 yillar mobaynida sobiq SSR tomonidan o‘tkazilgan chempionatlarida 8 marta ishtirok etdi.

O‘zbekning zabardast kurashchisi Fatkulin K.Mning solnomasini varaqlaydigan bo‘lsak, uch karra Jahon chempionati kumush medali sohibi - 1977, 1979 va 1983 yillar, uch marta SSSR xalqlari o‘rtasida Spartakiada g‘olibi shuningdek, 1984 yili Yevropa chempioni bo‘ldi.

Yunon-rum bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangandan so‘ng, u bir qator shogirdlarni yuqori cho‘qqilarga olib chiqdi. 2001 yilgi Jahon chempionatida Dilshod Oripov oltin medalni qo‘lga kiritdi, 2004 yili Afinada XXVIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida Aleksandr Dokturashvili oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning sporchi va murabbiylik kareasidagi xizmatlari edi.

2015 yilda Fatkulin Yunon-rumning “klassik” yo‘nalishi bo‘yicha milliy terma jamoaning bosh murabbiyligiga qaytadi va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnirlarga shogirdlarini tayyorladi.

Bugungi kunda Olimpiya zahirali sport maktabida kurash bo‘yicha yetakchi murabbiyi bo‘lib faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi uchun munosib shogirdlarni o‘g‘lonlarni tayyorlashdi murabbiylarga yaqindan yordam bermoqda.

Vatanimiz tomonidan ustoz murabbiy Kamil Mahmudovichni yosh avlodni vatanga musosib qilib tarbiyalashda qo‘shayotgan hissalari uchun “Do‘stlik” hamda “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit