​Ibragimov Muhammad Abdulmo‘minovich


820

Tug‘ilgan sana: 1983 Avgust 18
Tug‘ilgan joyi: Dog'iston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Muhammad Abdulmo‘minovich Ibragimov 1983 yil 18 avgust kuni Gunux qishlog‘i, Charodinsk tumanida tug‘ilgan - erkin kurash bo‘yicha rus va o‘zbek kurashchisi. Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi (2004). Millati avariy.

Tarjimai hol

Muhammad Abdulmo‘minovich Ibragimov 1983 yil 18 avgust kuni Dog‘iston respublikasi Gunuh qishlog‘i Charodinsk tumanida tug‘ilgan. 1999 yil Maxachkaladagi 18-sonli maktabni tamomlagan. 2004 yil Dog‘iston Davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Erkin kurash bilan 1990 yildan Maxachkala shahrida Anvar Abdullayevich Muhammadgadjiyev murabbiyligi ostida shug‘ullanishni boshlagan.

Muhammad Ibragimov 2004 yil Afina shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan. Finalda 96 kg gacha vaznlik rossiyalik Hojimurod Gatsalga 4:1 hisob bilan o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan.

Erkin kurash (Erkak)

Olimpiya o'yinlari

Kumush Afina 2004 96 kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Nyu-Dehli 2003 96 kg gacha
Oltin Tehron 2004 96 kg gacha

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit