​Ikramov Muzraf Muborakxodjayevich


1046

Tug‘ilgan sana: 1973 Sentyabr 14
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Huquqshunoslar

Ikramov Muzraf Muborakxodjayevich (14 sentyabr 1973 yil tug‘ilgan) — 2015 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri. 2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zosi. Unga 2014 yil 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni berildi.

Tarjimai hol

Ikramov Muzraf Muborakxodjayevich 14 sentyabr 1973 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 yil u Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha, 2007 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi jamiyat va davlat qurilish instituti akademiyasini tamomladi.

Faoliyati

1995 yil Adliya vazirligining Iqtisodiy islohotlar sohasida qonun va me'yoriy hujjatlar loyihasini huquqiy ekspertizasini o‘tkazish va tayyorlash Boshqarmasining katta maslahatchi sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.

1997-2003 yillarda — Adliya vazirligi idoraviy me'yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi.

2003-2008 yillarda — Adliya vazirligining Qonunchiligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i — vazirlik huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash Markazi rahbari vazifalarida ishladi.

2008-2012 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri lavozimlarida ishladi.

2012-2015 yillarda — turli xil lavozimlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish bo‘yicha sho‘'ba mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Unga 2014 yil 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni berildi.

2015 yil 11 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra Ikramov Muzraf Muborakxodjayevichni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit