​Jo‘rayev Dilshod


658

Tug‘ilgan sana: 1991 Sentyabr 18
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Jo‘rayev Dilshod 1991 yil 18 sentyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan — o‘zbek futbolchisi. Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi hamda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati

Dilshod Jo‘rayev o‘zining ish faoliyatini 2011 yil toshkentlik “Bunyodkor” klubidan boshlagan. O‘sha mavsumda Jo‘rayev “Bunyodkor” tarkibida ikkita o‘yinda o‘ynagan. 2012 yilning bahorida “Bunyodkor” Jo‘rayevni Samarqand “Dinamo” ga vaqtinchalik berib turgan. “Dinamo” tarkibida O‘zbekiston chempionatida va O‘zbekiston kubogida sakkizta o‘yinda ishtirok etgan, lekin biror marotaba ham to‘pni darvozaga ura olmagan.

2012 yilning avgustida “Bunyodkor” Dilshod Jo‘rayevni yana o‘z tarkibiga qaytarib olgan. 2012 yilning kuzidan Jo‘rayev “Bunyodkor”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan. Shu yili uni O‘zbekistonning milliy terma jamoasiga taklif qilishadi. 2012 yildan u “Bunyodkor” tarkibida 21 ta matchda ishtirok etgan, terma jamoada esa ikkita o‘yinida va bir marta to‘pni darvozaga urishga muyassar bo‘lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit