​Mahmudova Naima Maxmudovna


706

Tug‘ilgan sana: 1928 Avgust 10
Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Mahmudova Naima Maxmudovna — uzbek vrachi, davlat va jamoat arbobi.

Tarjimai hol

Mahmudova Naima Maxmudovna 10 avgust 1928 yil Toshkentda o‘zbek shoiri Botu (Mahmud Xodiyev) oilasida dunyoga keladi.

U 1951 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan.

Mahmudova Urgut tumanining sanitariya epidemiologiya stantsiyasida bosh vrach sifatida 1958 yilgacha ishlagan, keyinchalik 1958-1963 yilgacha Samarqand viloyatining sanitariya epidemiologiya stantsiyasida bosh vrach bo‘lib ishlagan. 1963 yilda oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelgan.

1963-1971 yillarda Mahmudova O‘zbekiston Sog‘liq saqlash vazirining o‘rinbosari, 1971-1977 yillarda O‘zbekiston Kasabasoyuz Kengashi raisi o‘rinbosari, 1977-1986 yillarda O‘zbekiston Kasabasoyuz Kengashi raisi lavozimlarida ishladi.

U 1968 yil “O‘zbekistonda davolashning tarixiy rivojlanishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Olima 1975 yil “O‘zbekistonda bolalar serebral falajlik xastaligini ijtimoiiy moslashuvi va tibbiyot reabilitatsiya tashkiloti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1986 yil olima tibbiyot fanlari professori unvonini oldi.

1986-2000 yillarda u Toshkent pediatriya tibbiyot institutini ijtimoiy gigiyena kafedrasini boshqargan (1997 yildan — «Umumiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlash tashkiloti” kafedrasi»). Ayni paytda ushbu kafedrani konsultant-professori sanaladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit