​Odilova Muslima Ulug‘bek qizi


1505

Tug‘ilgan sana: 1998 Iyun 20
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2015 yildan Suzish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi

U 20.06.1998 yil Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek.

Muslima OdilovaAndijon shahar aloqa kollejini tamomlagan.

M.Odilova respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning suzish turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U yosh bo‘lishiga qaramasdan bir qancha yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, 2016 yilning mart oyida Gretsiyaning Noussa shahrida o‘tkazilgan Halqaro chempionatda erkin suzish usulida 50 metrlik va 100 metrlik,

100 metrlik - batterflyay va 200 metrlik - kompleks usullarida 1-o‘rinni eagllab 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2016 yilning may oyida Portugaliyaning Funchal shahrida o‘tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida qatnashib 100 metrlik batterflyay usulida

2-o‘rinni egallab kumush medal sohibasi bo‘lgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 2-o‘rinlarni egallab terma jamoamiz hisobiga yana ikkita kumush medallarini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit