​Ponomaryov Aleksandr Viktorovich


153

Tug‘ilgan sana: 1959 Fevral 8
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Ponamaryov Aleksandr Viktorovich - Akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe) bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Ponamaryov Aleksandr Viktorovich 1959- yil 8- fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. U o‘n uch yoshidan sportning baydarkada eshkak eshish turi bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston terma jamoasida ko‘pgina xalqaro musobaqalarda ishtirok etib yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish bilan birga 1977 yilda “Sport ustasi” unvoniga sazovor bo‘lgan.

1982 yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini oliy darajali baydarkada eshkak eshish ustoz-murabbiy yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.

A. Ponamaryov o‘zining katta murabbiylik faoliyati davomida 20 dan ortiq sport ustalari, 10 dan ortiq xalqaro sport klasslarni yetishtirdi. 2006- yildan boshlab uning shogirdlari eng yaxshi Kanoechilar, Osiyo, qit’a, jahon chempionatlar va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib jahon kuboklarini va bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritganlar.Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha uch karra jahon chempioni Vadim Menkov, XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohiblari Gerasim Kochnev va Serik Mirbekovlar shular jumlasidandir.

Aleksandr Viktorovich 2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit