​Qayumov Abdubaki Jalilovich


673

Tug‘ilgan sana: 1950 Mart 17
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Fiziklar, Geologlar

Qayumov Abdubaki Djalilovich 17 mart 1950 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.

1957 yili Toshkent shahridagi 24-o‘rta maktabga o‘qishga borib uni 1967 yili tugatgan. Shu yili Toshkent Politexnika institutiga kirib 1972 yili muhandis geolog mutaxassisligini tamomladi.

O‘z mehnat faoliyatini 1972 yili Toshkent metroloyiha institutida muhandis lavozimidan boshlagan. 1973-1974 yillari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutida assistent lavozimida ishladi. 1975-1978 yilllari Moskva avtomobil-yo‘llar institutida aspiranturani tugatgan. 1978 yili texnika fanlari nomzodi ilmiy unvonini olish uchun nomzodlik ishini himoya qildi.

1978-82 yillari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini “Yo‘llarni qurish texnologiyasi va undan foydalanish” kafedrasida katta o‘qtuvchi, 1982-88 yillari Butun Ittifoq Yo‘l Ilmiy tekshirish institutining O‘rta Osiyo filialida katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 1988-91 yillarida Moskva avtomobil-yo‘llar institutida doktoranturani ham tugatgan.

2006 yili texnika fanlari doktori ilmiy unvonini olish uchun 05.23.11-“Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qurilishi” ixtisosligi bo‘yicha “Lyossimon gruntli yo‘l ko‘tarmalarini hisobiy ko‘rsatkichlari va zichlashtirish texnologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Uning 102 ta ilmiy maqolasi bosmadan chiqqan. 25 ta ilmiy hisobot, 31 ta me’yoriy va uslubiy hujjatlar, 5 ta monografiya, 4 ta mualliflik ishini yozgan.

2004 yildan buyon mustaqil davlatlar xamyurti hukumatlararo yo‘l kengashining eksperti.

Oilali: turmush o‘rtog‘i Dadamuxamedova Shoxida Paraxovna, bitta o‘g‘li, ikkita qizi va oltita nabirasi bor.

1991 yildan - 2008 yilgacha Toshkent avtomobil yo‘llar institutida dotsent, 2008 yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat texnika universitetida professor lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Mineral resurslar ilmiy tadqiqot instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti, shuningdek, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatattsiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.T.07.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi sanaladi.

Toshkent arixitektura qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi Attestatsiya komissiyasi a’zosi.

Toshkent davlat texnika universitetini “Er to‘g‘risidagi fanlar”ga oid ekspert komissiyasining azosi.


Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit