​Rahimov Vahob Rahimovich


745

Tug‘ilgan sana: 1934 Dekabr 26
Vafot etgan sana: 2014 Oktyabr 29
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Geologlar

Rahimov Vahob Rahimovich (26 dekabr 1934 yil, Samarqand, O‘zbekiston — 29 oktyabr 2014 yil) — geologiya va tog‘-konlari sohasi bo‘yicha o‘zbek olimi, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.

Tarjimai hol

O‘rta Osiyo politexnika institutini tamomlagan (1957), O‘zbekiston fanlar akademiyasida ruda-kon bo‘limida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

Moskva tog‘-kon ishlari institutining aspiranturasida tahsil oldi, 1963 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1972 yildan texnika fanlari doktori, professor darajasiga erishdi.

Faoliyati

Vahob Rahimov dotsent (1963), marksheyder ishi kafedra mudiri (1968), tog‘-metallurgiya fakulteti dekani ( 1969), (1984—1990 yillarda) Toshkent davlat texnika universiteti prorektori lavozimlarida ishlagan.

19 may 2000 yildan Rahimov O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi bo‘lgan.

U bir qancha ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar muallifi. V.Rahimov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga ega bo‘ldi va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit