​Rahimova Gulruh Ilhombekovna


568

Tug‘ilgan sana: 1992 Sentyabr 29
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2011 yil 2 yanvardan Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi

Gulruh 29.09.1992 yil Xorazm viloyati, Urgench shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, 2013 yildan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olmoqda.

G.Raximova respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning dzyudo turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U o‘zining sportdagi faoliyati davomida bir necha xalqaro musobalarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 2014 yilning iyun oyida Litvaning Vilnyus shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Xalqaro turnirda 70 kg vaznda 3-o‘rin bronza medali, oktyabr oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida 70 kg vaznda2-o‘rin kumush medalini qo‘lga kiritgan.

2015 yilning fevral oyida Vengriyada Eger shahrida o‘tkazilgan Jaxon Kubogida 70 kg vaznda3-o‘rin bronza medali sohibi bo‘lgan va shu yili may oyida Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan IBSA Jahon o‘yinlarida 70 kg vazndaishtirok etgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinni egallab terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit