​Rasul Boltayevich Boltayev


923

Tug‘ilgan sana: 1917 yil
Vafot etgan sana: 1959 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Rasul Boltayevich Boltayev (1917—1959) — Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchisi, tibbiy xizmat mayori, 3-Ukraina front qo‘shini 113 o‘qchi diviziyasining 57-armiyasi 201-alohida tibbiy-sanitar batalon qo‘mondoni (Dneprni bosib o‘tishda qatnashgan).

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tashkilotchisi (Qashqadaryo sog‘liqni saqlash viloyat bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 4-Bosh Boshqarmasi (hozirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya birlashmasi) asoschisi va birinchi boshqaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash 1 va 2-sonli Markaziy shifoxonalarning (hozirda alohida shifoxonalar bo‘lgan) birinchi bosh vrachi.

Tarjimai hol

R.B.Boltayev 1917 yil Toshkent viloyatida (hozirda zamonaviy Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hududi), dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Oilada u 5 farzandning kenjatoyi bo‘lgan.

1940 yil Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini bitirgach, dermatovenerolog-vrach bo‘lib ishlagan.

Urush yillari

Baltayevning birinchi mukofoti “Jangdagi xizmatlari uchun” medali bo‘lgan. Mukofot betida “200 dan ziyod yaradorni jang maydonidan tashkillashtirilgan tartibda olib chiqqanligi” uchun medal berilgan.

1944 yil tibbiy xizmatlar kapitani R.Boltayev “201 tibbiy-sanitariya qo‘shinida ishni yaxshi olib borganligi uchun” 2-darajali “Ikkinchi jahon urushi”ordeni bilan mukofotlangan. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa Vazirligi Markaziy Arxivi ma'lumotlariga ko‘ra to‘rt kunlik jangi davomida medsanbat 1500 gacha yaradorlarni qabul qilgan, ularning yarimidan ko‘pida faol jarrohlik tozalov ishlari amalga oshirilgan.

1944 yil tibbiy xizmatlar kapitani Boltayev “201 tibbiy-sanitar batalonini a'lo darajada boshqarganligi va o‘zining jang maydonida fidokorona va halol ishlaganligi uchun” “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan 1945 yil 9 maydan R.B.Boltayev “1941—1945 yillar Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan g‘alabasi uchun” medali bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan 1945 yil 9 iyul kuni R.B. Boltayev “Budapeshtni qo‘lga kiritganligi uchun” medali bilan mukofotlangan.

Urushdan keyingi vaqtlar

1958 yil unga “Sog‘liqni Saqlash a'lochisi” nishoni taqdim etilgan.

O‘zbekiston 1-sonli Markaziy shifoxonasida O‘zbekistonning barcha rahbarlari davolangan bir vaqtda, boshqa mamlakatlarning hukumat deligatsiyalari a'zolari ham ko‘rikdan o‘tib davolanganlar. 50-yillar bu shifoxonada amerikalik afsonaviy aktyor va qo‘shiqchi Pol Robson ham davolangan.

Bu vaqtda Boltayev “Farg‘ona ipak yigirish zavodi ishchilari salomatligiga changning ta'siri” mavzusida dissertatsiya ishini tayyorlagan, biroq kutilmagan o‘limi sababli bu ishni himoya qilishga ulgurmagan.

Baltayev 1959 yil 2 dekabr kuni uzoq davom etmagan, ammo juda og‘ir kasallikdan vafot etgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit