​Shamsiyev Zoir Ziyayevich


894

Tug‘ilgan sana: 1946 Yanvar 13
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Matematiklar

Shamsiyev Zoir Ziyayevich 1946 yil 13 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati uzbek.

1953-1961 yillar davomida umum ta’lim rus maktabida tahsil olganman. Mehnat faoliyati quyidagidan iborat:

1961-1966 yillarda — Toshkent aviatsiya texnikumi o‘quvchisi. Samolyotsozlik bo‘yicha texnik-mexanik.

1964-1967 yillarda — Toshkent va Atkarsk (Rossiya) uchuvchilik o‘quv markazlarida tahsil olib harbiy vertolyot aviatsiyasi bo‘yicha uchuvchi malakasiga sazovor bo‘lindi.

1966-1971 yillarda — Toshkent politexnika institutining talabasi. Samolyotsozlik bo‘yicha muhandis mexanik.

1971-1984 yillarda — Toshkent politexnika institutida stajyor-tadqiqotchi, aspirant, assistent, dotsent.

1982-1983 yillarda — Rim (Italiya) universitida ilmiy stajirovka.

1984-1995 yy. -O‘zbekiston Respublikasi FA kibernetika institutining xodimi: kichik ilmiy xodim (1984-1985 yy.), katta ilmiy xodim (1985-1986 yy.), yetakchi ilmiy xodim (1986-1991 yy.), laboratoriya mudiri (1991-1995 yy.).

1995-1998 yillarda — Toshkent davlat aviatsiya instituti, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor.

1998-2004 yllarda — Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat aktsiyadorlik jamiyati, ilmiy texnika byurosining boshlig‘i.

2004-2008 yillarda — Toshkent davlat aviatsiya instituti, ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi.

2008-2009 yillarda — ToshDTU “Uchish apparatlarining aerodinamikasi va parvoz sinovlari” kafedrasining mudiri.

2009-2010 yillarda — ToshDTU “Uchish apparatlarini loyihalash” kafedrasining professori.

2010-2014 yillarda — ToshDTU “Aviasozlik” kafedrasining professori.

2014-2016 yillarda — ToshDTU “Aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish” kafedrasining professori.

2016 yildan hozirgi vaqtgacha — ToshDTU “Aeronavigatsiya tizimlari” kafedrasining professori.

1977 yilda texnika fanlari nomzodi darajasiga sazovor bo‘ldi. N.E.Jukovskiy nomidagi Xarkov aviatsiya institutidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda «Samolyotlar yassi shaklli sinch uzellarining texnologik jarayonlarini va jihozlarini modellashtirish va ishlab chikish» mavzuida 05.07.04 - Uchish apparatlar va dvigatellarni ishlab chiqarish texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini 1977 yilda himoya qildi.

1991 yilda texnika fanlari doktori darajasiga sazovor bo‘ldi. Ukraina Fanlar akademiyasining V.M.Glushkov nomidagi Kibernetika instituti qoshidagi D.016.45.03 ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Epchil ishlab chiqarish tizimlarining boshqariladigan ob'yektlar tuzilmasini sintez qilish modellari va uslublarining tahlili va ishlanmasi” mavzuida 05.13.06 - Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini 14.11.1991 yilda himoya qildi. Diplom 2004 yilda O‘zbekistonning talabiga muvofik nostrifikatsiya kilindi.

1992 yilda «Avtomatlashtirilgan boshkaruv tizimlari» mutaxassislik bo‘yicha professor unvoniga ega bo‘ldi. 2011 yilda «Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishlarni avtomatlashtirish va boshkarish» mutaxassisligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ilmiy faoliyat davrida 11 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktori tayyorladi. Shogirdlarning biri 1997 yilda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor buldi. 160 ziyod ilmiy ishlarni nashr qildi, shu jumladan 2 monografiya va Milliy Entsiklopediyada 14 maqola chop etildi.

2007-2013 yillar davomida 4 Yevropa xalkaro ilmiy-ta’lim loyihalarining rahbari bo‘ldi. Natijalar yuzasidan o‘quv laboratoriyalari yaratildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit