​Svechnikov Aleksandr Vladimirovich


1186

Tug‘ilgan sana: 1998 May 19
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2015 yil 2 yanvardan Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimriya terma jamoasi a’zosi. U 19.05.1998 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus. Ma’lumoti o‘rta maxsus. 2014 yil u Respublika olimpiya zahiralari kollejini tamomlagan.

A.Svechnikov respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning yengil atletika turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U sportdagi faoliyati davomida bir nechta xalqaro musobalarda muvoffaqiyatli ishtirok etib yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarilishiga o‘zining hissasini qo‘shgan. Jumladan, 2016 yilning mart oyida Tunisning Tunis shahrida bo‘lib o‘tgan Yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-Pri turnirida nayza uloqtirishda 1-o‘rin egallab, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

2016 yilning aprel oyida Pekin shahri (Xitoy)da o‘tkazilgan Yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-Pri turnirida nayza uloqtirishda 1-o‘rin oltin medal va disk otishda ham 1-o‘rin oltin medal sohibi bo‘lgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 2-o‘rinni egallab terma jamoamiz hisobiga yana bir kumush medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit