​Vuyovich Predrag


612

Tug‘ilgan sana: 1983 Avgust 20
Tug‘ilgan joyi: Yugoslaviya
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Predrag Vuyovich 1983 yil 20 avgust kuni Yugoslaviyaning Bar shahrida dunyoga kelgan - chernogoriya va serbiya futbolchisi, yarimhimoyachi. Hozirgi kunda Andijonning “Andijon” jamoasi o‘yinchisi.

Faoliyati

Predrag Vuyovich o‘z faoliyatini 2011 yil “Napredaka” jamoasi tarkibida boshlagan. O‘zining ilk jamoasi tarkibida Vuyovich 2004 yilning oxiriga qadar ishtirok etgan va bu vaqt mobaynida 64 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 marta gol urgan. 2005 yil u Polshaning “Visla” jamoasiga o‘tib ketadi. “Visla” jamoasida Vuyovich bir mavsum 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 marta gol uradi.

2006 yil Serbiyaga ko‘chib o‘tadi va “Voyvodinы” tarkibiga qo‘shiladi. Keyingi 4 yil davomida u «Borats», «Napredak» va «Novi Pazar» kabi jamoalar tarkibida o‘ynaydi. 2011 yil Predrag Vuyovich o‘zbekcha klub “SHo‘rtan” jamoasi bilan shartnoma tuzadi va shu mavsum Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogida ilk marotaba ishtirok etadi. “SHo‘rtan” jamoasi tarkibida u yana bir mavsum o‘ynab, bu vaqt mobaynida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 marotaba to‘pni darvozaga yo‘llagan.

2012 yil u Vengriyaning “Kechkemet” klubiga o‘tib ketadi. Keyinroq Vengriya klubi bilan shartnomani tuzib, Serbiyaga qaytadi va “Metalats” tarkibini to‘ldiradi. Ushbu jamoa tarkibida u o‘nta o‘yinda to‘p suradi. 2014 yil u yana O‘zbekistonga qaytib keladi va “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. “Buxoroliklar” tarkibida Vuyovich bir mavsum o‘ynab, 23 ta o‘yinda ishtirok etadi va 3 marotaba to‘pni darvozaga yo‘llaydi. 2015 yil boshlarida u yana bir o‘zbek futbol klubi “Andijon” jamoasi bilan shartnoma tuzadi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit