​Xalilov Sharif O‘rinovich


609

Tug‘ilgan sana: 1989 Avgust 3
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2010 yildan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining terma jamoasi a’zosi.

Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2011 yil Buxoro davlat universiteti talabasi.

Sh.Xalilov respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning dzyudo turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

2010 yil Xitoyda (Guanchjou) o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida 2-o‘rinni (kumush) egallagan. 2011 yil Turkiyada (Istanbul) bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 3-o‘rinni (bronza) egallagan.

2012 yil Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda 3-o‘rinni (bronza) egallagan.

2012 yil Buyuk Britaniyada (London) bo‘lib o‘tgan XIV Paralimpiya o‘yinlarida 73 kg vaznda 2-o‘rinni (kumush) egallagan.

2014 yilning iyun oyida Litvada (Vilnyus) o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Xalqaro turnirda 81 kg vaznda 2-o‘rinni (kumush) egallagan.

2014 yilning sentyabr oyida AQShda (Kolorado-Springs) o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon Chempionatida ishtirok etgan.

2014 yilning oktyabr oyida Janubiy Koreyada (Inchxon) o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida 81 kg vaznda1-o‘rinni (oltin) egallagan.

2015 yilning fevral oyida Vengriyada (Eger) bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Jahon Kubogida ishtirok etgan.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit