​Xilko Yekaterina Viktorovna


991

Tug‘ilgan sana: 1982 Mart 25
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Yekaterina Viktorovna Xilko (25 mart 1982 yil tug‘ilgan) — Batutda sakrovchi o‘zbek Olimpiada o‘yinlari sovrindori.

1982 yil Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yil u Sidney Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2004 yil Xilko Afina Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib, o‘yin omadsiz yakunlandi. 2006 yil u Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2008 yil Yekaterina Pekin Olimpiada o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi. 2009 yil esa Xilko Jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ldi. 2010 yil yana Osiyo o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2012 yil Yekaterina London Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, afsus mukofotga ega bo‘lolmadi.


Yozgi Olimpiya o‘yinlari
Bronza Pekin 2008 yakka
Jahon chempionati
Bronza Sankt-Peterburg 2009 sinxr.
Yozgi Olimpiya o‘yinlari
Bronza Doxa 2006 yakka
Bronza Guanchjou 2010 yakka
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit