Karimov Erkin Shamsiyevich


148

Tug‘ilgan sana: 1942 Yanvar 21
Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Karimov Erkin Shamsiyevich - Dotsent, sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha sport faxriysi.

Karimov Erkin Shamsiyevich 1942 yil 21 yanvarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. U O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga 1963 yilda kirib, uni 1967 yilda tamomlagan. Ish faoliyatini Kattaqo‘rg‘on shahar 2-sonli o‘rta maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchiligidan boshlagan va 13 yil davomida jismoniy tarbiya institutida faoliyat yuritgan. 1976 yildan jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasida terma jamoa ustozi (murabbiyi) lavozimlarida ishlab kelgan.

E.Karimov og‘ir atletikaning kuch (jim) ko‘tarishda ko‘plab ittifoq rekordlarini, 1972 yilda jim usuli xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi musobaqalar dasturidan olib tashlangandan keyin, u shtangani siltab ko‘tarish usulida 60 kg. Vazn toifasida 155,5 kg og‘irlikdagi toshni ko‘tarib jahon va Yevropa rekordini o‘rnatdi.

Erkin Karimov R.Alpanov, Q.Qodirov, V.Sirtsov, P.Tojimetov kabi qator sport ustalarini tarbiyalagan.1996 yilda AQShda o‘tkazilgan XXYII Olimpiya o‘yinlarida faxriy sportchi sifatida ishtirok etgan. U og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustoz, milliy toifadagi hakam, XX- asr sportchisi lauriyati.1- darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi, og‘ir atletika federatsiyasi faxriylar kengashining raisidir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit