Madrimov Isroil


1745

Tug‘ilgan sana: 1995 Fevral 16
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni, “Uzbek Tiger” jamoasi a’zosi, boksda o‘z texnikasi bilan barchaning e’tiboriga tushgan iste’dodli bokschi Isroil Madrimov.

Men 1995 yili16 feralda Xorazm viloyatining Xiva tumani Sayat qishlog‘ida tug‘ilganman. Oilada 3 farzandmiz. Ikki o‘g‘il va bir qiz. Men farzandlarning to‘ng‘ichiman. Oilamizda sportga alohida e’tibor beriladi. Bolaligimdan sport bilan shug‘ullanaman. Yetti yoshimdan otam gimnastika va akrobatika bilan shug‘ullantirganlar.

To‘g‘risini aytsam, bir nechta sport turlari bilan shug‘ullanganman. Futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, kurash, akrobatika, gimnastika bo‘yicha viloyat miqyosidagi musobaqalarda qatnashganman. Karate bilan ham jiddiy shug‘ullanganman. Biroq, boksga bo‘lgan qiziqish barchasidan ustun kelgan.

Beshinchi sinfdan boks bilan jiddiy shug‘ullana boshlaganman. Boksni tanlashimga atrofimdagi do‘stlarim sabab bo‘lgan. Ularga qo‘shilib boksga borganmiz. O‘sha paytda to‘garakda biz uchun o‘ta katta sanalgan ringga ko‘tarilganimda, birinchi sparringda rosa “kaltak yeganman”. Shundan so‘ng o‘z oldimga bokschi bo‘lish va meni mag‘lub etgan raqibdan alamimni olishni maqsad qilib qo‘ygandim. Albatta, keyinroq boks mazmun-mohiyatini tushuna boshlaganimdan keyin o‘ch olish maqsadi umuman yo‘qolgan.

Boksning boshlang‘ich sir-asrorlarini Xivada Bahrom Quryozov, Ruslan Ibodullayev va Quvondiq Jabborovdan o‘rgandim.

2010 yili Chirchiq olimpiya zaxiralari sport kollejiga o‘qishga kirib bokschi sifatidashakllandim. Kollejdagi mashg‘ulotlarda To‘lqin Qilichev, Rustam Saidov, Ikrom Berdiyev, Alisher Rahimov kabi ustozlardan ko‘p narsa o‘rgandik. Ulardan hozir ham saboq olaman.

Respublika miqyosidagi ilk yutuqlarimni 2006 yildan qo‘lga kirita boshladim. Dastlab tuman va viloyat darajasidagi musobaqalarda o‘zimni ko‘rsatganimdan keyin katta turnirlarga jalb qila boshlashdi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi chempionatlar va xalqaro turnirlarda qatnashib, mahoratimni oshirib bordim.

2013 yilning dekabr oyida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Toshkent viloyati jamoasi tarkibida ishtirok etdim. O‘sha chempionatda jamoadoshlarim Elnur Abduraimov, Murodjon Ahmadaliyev va Bahodir Jalolov bilan qatnashdik va har birimiz o‘z vazn toifamizda chempion bo‘ldik. Hozir hammamiz terma jamoaning asosiy tarkibidan joy olganmiz.

2014 yil Osiyo o‘yinlari Isroil uchun eng muhim musobaqalardan biri hisoblanadi. Bu katta boksdagi ulkan sinov maydoni bo‘lgan. O‘sha tarkibda eng yosh bokschi Isroil bo‘lgan. Finalgacha u barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, finalda raqibining qo‘li baland keldi va kumush medal bilan kifoyalandi.

Isroil, “Uzbek Tigers” tarkibida amaldagi chempion jamoa - “Cuba Domadores” vakili, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Arlen Lopesga qarshi ringga chiqib g‘alaba erishdi. Kubalik Arlen Lopes ikki qo‘lda ham kuchli jang olib borishi bizga ma’lum edi. Men O‘zim o‘naqay bokschiman, deydi Isroil. Lekin chapaqay “stoyka”da ham jang qilish qo‘limdan kelardi. Samarqanddagi jangda shu usulni qo‘lladim. To‘g‘risi, aynan chapaqaylarga xos jang qilganim Arlen Lopes uchun kutilmagan hol bo‘ldi. U bunga tayyor bo‘lmagani uchun ustunlik men tomonga ko‘chdi.

“World Series of Boxing” janglarida “Uzbek Tigers” jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli janglar o‘tkazib kelayotgan Isroil Madrimov Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida nimalarga qodir ekanligini yana bir bor isbotladi.

2017 yil 30 aprel - 7 may kunlarida Mamlakatimiz Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida mezbonlik qildi. 75 kg vazn toifasida o‘zining qoyilmaqom zarbalari bilan har bir raqibini qiyin ahvolga solgan Isroil Madrimov final jangida ham mardonavor tarzda jang qilib, Janubiy Koreyalik raqibi Dong Yun Li ustidan g‘alaba qozonib,oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2017 yilning oktyabr oyida Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tashkilotchilar Isroil Madrimov Qozog‘istondagi turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishdi!

2017 yilning 8-12 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Dinamo” sport saroyida boks bo‘yicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning eng yorqin bokschilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Isroil Madrimov rossiyalik Igor Ivanchenkoni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi. 

Bundan tashqari Isroil musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi.

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida 2017 yilning 22-27 noyabr kunlari boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Finalda Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida rossiyalik taniqli sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi. Rossiyalik sortchining qo‘li baland kelib, Isroil kumush medal bilan chegaralandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit