Aʼzamov Yoʻldosh


1008

Tug‘ilgan sana: 1909 May 10
Vafot etgan sana: 1985 Iyun 16
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar, Rejissyorlar, Yozuvchilar

Yo‘ldosh A’zamov (ba’zan Yo‘ldosh Agzamov deb yoziladi) (10 may 1909 — 16 iyun 1985) — o‘zbek aktori, rejissyori va dramaturgi. A’zamov 1979 yil O‘zbek SSR xalq artisti va 1979 yil SSR xalq artisti unvonlarini olgan. Uning eng mashhur filmlari «Maftuningman» (1958) va «O‘tgan kunlar» filmlaridir. «Maftuningman» birinchi o‘zbek komediyasidir va u eng sara o‘zbek filmlardan biri hisoblanadi.

Yo‘ldosh Agzamov 1909 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1936 yildan 1930 yilgacha A’zamov Sovkino va Vostokkinoda aktyorlik qilgan. 1930 yildan boshlab O‘zbekfilmda ishlay boshlagan

A’zamov kinorejissor sifatida „Gulbaxor“ (1956), „Maftuningman“ (1958), „Furqat“ (1959), „Istiqbol yo‘li“ (1961), „Oydin saxifa“ (1965), „Sayyod qo‘ng‘irog‘i“ (1966), „O‘tgan kunlar“ (1969), „Olovli so‘qmoqlar“ (1971), „Mehrobdan chayon“ („Zulmatni tark yetib…“, 1973), „Odamlar tashvishida“ (1976), „Ota nasihati“ (1979), „Katta va qisqa xayot“ (1981), „Parol, „Regina“ mehmonxonasi“ (Z. Rayzman bilan xamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

1936 yildan 1930 yilgacha A’zamov Sovkino va Vostokkinoda aktyorlik qilgan. 1930 yildan boshlab O‘zbekfilmda ishlay boshlagan.

A’zamov aktyor sifatida Yu. Rayzmanning „Er chanqog‘i“ (1930), Nabi G‘aniyevning „Yuksalish“ (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. „Toxir va Zuhra“ (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissyor bo‘ldi.

A’zamov urushdan keyingi yillarda esa xujjatli-xronikal filmlar („Xalq qizlari“, „Toshkent MESi“ va boshqalar) ishladi. A’zamovning birinchi mustaqil badiiy filmi „Qilich“ (1934) fil’midir. A’zamov Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor sifatida bir qancha p'esalarni sahnalashtirgan.

A’zamov ijodida o‘zbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko‘rsatishga intilish ko‘proq seziladi. Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissor ijodiga xos.

Yo‘ldosh A’zamov ko‘plab unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965 yil unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni berilgan. 1970 yil A’zamov O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1972 yil unga Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti berilgan. A’zamovga 1979 yil nufuzli SSSR xalq artisti unvoni berilgan.

Yo‘ldosh A’zamov 1985 yil 16 iyunda 76 yoshda vafot etgan. U Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga ko‘milgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit