A’lam Zohir


1559

Tug‘ilgan sana: 1943 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Adabiyotshunoslar

Zohir A’lam - adib, tarjimon, publitsist, dramaturg. Uning publitsistik maqolalarida davrning katta va dolzarb muammolari o‘z ifodasini topgan. Uning «Afandining qirq bir pashshasi» nomli pesasi bolalar qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan. Asar rus va bolgar tillarida ham sahnalashtirilgan.

Biografiya
Yozuvchi Zohir A’lam - urush davri farzandi. U 1943 yilda Toshkentda tug‘ildi, avval maktabda, so‘ngra Toshkent Davlat universitetida o‘qib, uni 1965 yilda bitirdi. Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, 1967 yildan boshlab «O‘zbekiston» nashriyotida ishlay boshladi.
Zohir A’lam badiiy tarjima bilan shug‘ullanadi xam. Xususan, bolgar mumtoz adabiyoti namoyandasi Pavel Vasilevning «To‘siq», «O‘lchamlar» kabi qissalarini, rus adibi Sergey Zaliginning «Komissiya» romanini o‘zbek tiliga ag‘darib, chop etadi.
1985 yilda adibning «Ota o‘gitlari» hujjatli qissasi nashr etilib, unda O‘rta Osiyoda ilk bor limonni «o‘troqlashtirish» ustasi Zayniddin Faxriddinov haqida hikoya qilinadi. Shu yillarda uning «Afandining qirq bir pashshasi» nomli pesasi bolalar qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtiriladi. Asar rus va bolgar tillarida ham sahnalashtiriladi.

Faoliyati
Zohir A’lamning birinchi kitobi «Baxtli bilet» nomi bilan 1972 yilda chop etilgan. U «Sharq yulduzi» jurnalida ishlab turgan davrida «Muqaddima» (1978), «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981) kabi kitoblari nashrdan chiqadi.
Ko‘p o‘tmay, mazkur pesa asosida va shu nomda qissa yuzaga keladi (1989). Zohir A’lam publitsist sifatida ham ancha samarali ijod qildi. Uning «Boyovut» (1986), «Mayiz atrofidagi gaplar» (1990), «Jomboy hangomalari» (1991) kabi publitsistik maqolalarida davrning katta va dolzarb muammolari o‘z ifodasini topgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit