Abakumov Frumentiy Nikolayevich


847

Tug‘ilgan sana: 1915 Dekabr 13
Vafot etgan sana: 1951 Mart 2
Tug‘ilgan joyi: Rossiya
Yo‘nalishlar: Geologlar

Frumentiy Nikolayevich Abakumov (1915y 13 dekabrda Astraxan sh. Prishib q. - 1951 yil, 2 mart) -geolog, uran qazib chiqarish konlarini kashf qila olgan, Lenin premiyasi laureati.

Frumentiy Nikolayevich Rossiya davlatining Astraxan viloyati Prishib qishlog‘ida tug‘ilgan.

1939 yili Leningrad universitetini tugatgan. 1940—1942 yillar O‘zbekiston Geologik boshqaruvi partiyasida ishlagan.

1942 yili Toshkent shahridagi Lenin voyenkomati orqali Qizil Armiyaga chaqiriladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1 shtab boshlig‘i yordamchisi sifatida urushda kurashgan.1943 yil yanvarda yaralangan.

O‘zbekistonda gidrogeolog bo‘lib ishlagan, 1947 yildan boshlab O‘rta Osiyo respublikalarida uran qazilmalarini topishda qatnashgan. 1950—1954 yillarda asosiy geolog, 1954-1955 yillarda asosiy injener, 1955—1989 yillar partiya boshlig‘i, geolog, Krasnoxolms geolog-razvedka ekspeditsiyasida katta geolog bo‘lib faoliyat yuritgan.

Navoiy konchilik kombinati bazasidagi Uchquduq uran qazilmasi koni birinchi kashfiyotchilardan bo‘lgan. 1989 y 2 oktyabrida nafaqaga chiqqan.

Unvonlari

  • Qizil yulduz ordeni sohibi (4.10.1944)
  • Jahon urushining II darajali ordeni (4.2.1945)
  • Jahon urushining I darajali ordeni(23.5.1945)
  • Jahon urushining I darajali ordeni 01.08.1986
  • Leningrad himoyasi uchun medali
  • 1959 yilda Lenin premiyasi Uchquduq uran qazilmasi koni birinchi kashfiyotchilardan bo‘lgani uchun
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit