Abdirashidov Zaynabidin Sharabidinovich


629

Tug‘ilgan sana: 1973 Noyabr 21
Tug‘ilgan joyi: O‘sh viloyati
Yo‘nalishlar: Filolog, Adabiyotshunoslar

Familiya, ismi-sharifi: Abdirashidov Zaynabidin Sharabidinovich

Tug‘ilgan sana: 1973 yil 21 noyabr

Tug‘ilgan joyi: O‘sh viloyati

Yo‘nalishi: adabiyot tarixi

Tarjimai hol

Abdirashidov Zaynabidin Sharabidinovich 1973 yil 21 noyabrda O‘sh viloyatida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.

1991-1996 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘qigan va uni “sharqshunos-filolog, arab tili o‘qituvchisi” mutaxasisligi bo‘yicha tamomlagan. 1993-1995 yillarda Al-Azhar Universitetida (Misr Arab Respublikasi) tahsil olgan.

1996-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat Komiteti tasarrufidagi Davlat ilmiy-texnika axboroti fondi Xalqaro aloqalar bo‘limi muhandisi, bo‘lim boshlig‘i v.b., ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.

1999-2001 yillarda “APOLLO Co., Ltd” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi menejeri lavozimida faoliyat olib borgan.

2001-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2006 yil oktyabr oyida 2010 yil may oyiga qadar Berlin Gumboldt Universiteti (Germaniya) Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti doktoranturasida o‘qigan.

2010 yil iyun oyidan 2010 yil sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti manbashunoslik va maxsus tarix fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2010 yil sentyabridan 2016 yil sentyabriga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek adabiyoti va matnshunoslik” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010-2014 yillari O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini vazifasida ishlagan.

2010 yili Berlin Gumboldt Universitetida “Markaziy Osiyo tadqiqotlari” ixtisosligi bo‘yicha “Ismoil Gasprinskiy va XX asr boshlarida Turkiston: aloqalar - munosabatlar - ta’sir” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Z.Abdirashidov3 monografiya, 3 bibliografik ko‘rsatkich, 3 ilmiy-ommabop nashr hamda ilmiy jurnal va xalqaro konferentsiya va simpoziumlar to‘plamlaridagi 42 ilmiy maqola muallifi (O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Ukraina).

2012 yili Z.Abdirashidov “Ismail Gasprinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi, otnosheniya, vliyaniye” (T.: Akademnashr, 2011) monografiyasi uchun Xalqaro Bakir Cho‘ponzoda mukofotiga sazovor bo‘lgan.

2015 yili u Ismoil Gasprinskiy ijodiy merosining tadqiqiga qo‘shgan hissasi uchun Xalqaro Ismoil Gasprinskiy mukofoti bilan taqdirlangan.

Z.Abdirashidov ko‘psonli xalqaro grantlar sohibi. Jumladan, 2003, 2013, 2017 yillarda DAAD (Germaniya), 2006 yilda Volkswagen Foundation (Germaniya), 2008 yilda TÜBITAK (Turkiya), 2009 yilda NaFöG (Germaniya), 2010 yilda Gerda Henkel Foundation (Germaniya).

2014-2015 yillarda Xokkaydo Universiteti (Yaponiya) Slavyan-Evrosiyo tadqiqotlari markazi professori lavozimida ishlagan.

2016 yil sentyabr oyida hozirga qadar Z.Abdirashidov Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Sharq tillari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Manba: A.Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy bo‘limi tomonidan

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit