Abdu Jalol


587

Tug‘ilgan sana: 1798 yil
Tug‘ilgan joyi: Rishtan
Yo‘nalishlar: Haykaltaroshlar

Abdu Jalol laqabi — Usta Jalil ( XVIII asr oxiri XIX asr boshi Qo‘qon xonligi Rishton tumani )— XIX asr Rishton tumanidagi mashhur kulol. Akasi Abdu Jamil (Usta Kuri) bilan Qoshg‘ar, Eronda maxsus loy-chinni yasash sirlarini o‘zlashtirib, Rishtonda qadimiy yo‘qolib borgan texnikani qayta tiklashdi. Bundan tashqari shogirdi Abdullo Kulol (Kali Abdullo) ga ham chinni yasash sirlarini o‘rgatishgan. Buyuk kulol -Usta oqsoqol Farg‘ona vodiysi barcha kulolchilari uchun ustozdir.

Abdu Jalol, (Usta Jalil) — Usta Jalil XVIII asr oxirida Qo‘qon xonligi davrida Rishtonda kulolchilar oilasida tavallud topdi. Akasi Abdu Jamil (Usta Kuri) bilan kulolchilar maktabini tashkil qilib, ko‘pchilik uchun ustoz-Usta darajasiga ko‘tarilishgan.

Tirik misol sifatida Qo‘qon xonligi Xudoyorxon buyrug‘i bilan barpo etilgan rishtonlik kulolchilar tomonidan barpo etilgan XIX veka -O‘rda saroyi hisoblanadi. Saroyning qurilishi 1863-1870 yillarda 16ming ishchi yordamida bunyod etilgan.

Saroyning fasad-ko‘rinishi aka-ukalar Abdu Jalol, (Usto Jalil) i Abdu Jamil,(Usto Kuri) i Abdulla Kulol,(Kali Abdullo) o‘zlarining shogirdlari bilan 1873 yilda yakunlashgan.

Yangi keramik bezak berish usuli yaratishda, rishtonlik kulolchilar nafaqat bezaklarni yaratish malakasini balki maxsus loy tayyorlash texnologiyasini ham kulolchilikka olib kirishgan. Asosan bu rangli g‘ishtlar turli ko‘rinishdagi: rombli, to‘rtburchak, yulduzchali ko‘rinishida. 10tadan kalligrafik yozuvlar, oq g‘isht yordamida kufi yozuvi yurgazilishi o‘z go‘zalligi bilan judayam katta mashhurlikka erishgan.

Xudoyorxon aka-ukalar Abdu Jalol, (Usto Jalil) i Abdu Jamil,(Usto Kuri) i Abdulla Kulol,(Kali Abdullo)larning mehnatini yuqori baholab, nafaqat moddiy rag‘batlantirgan balki saroyning janubiy fasadiga kufiycha yozuvda: “ Bu toshlarni Behzod ijodiga monand ijod namunalari bezatib turibdi”. Ushbu yozuvlardan ham ko‘rinib turibdiki rishtonlik kulollar Xudoyor xon bilan bir qatorda O‘rta Osiyo tarixiga yozildilar.

Abdu Jalol (Usta Jalil) ijod namunalari O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit