Abdu Jamol Usto Qo‘ri


580

Tug‘ilgan sana: 1805 yil
Tug‘ilgan joyi: Rishtan
Yo‘nalishlar: Haykaltaroshlar

Abdu Jamol - Usto Qo‘ri (XVIII oxiri va XIX asr boshida Rishton tuman Qo‘qon xonligi davrida yashagan). Rishtonning eng mashhur kulolchilaridan bo‘lgan. U akasi Abud Jalol usta bilan hamkorlikda Qoshgar va Eronda chinni buyumlar yasash texnikasini o‘rganib, Rishtonda ishlab chiqarishni joriy qiladi. Keyinchalik chinni idishlar yasash sir asrorlarini shogirdi Abdullo Kulolga o‘rgatgan.

Abdu Jamol Usta Qo‘ri XVIII asr oxirida Rishtonda kulolchi-ganchkorlar oilasida tug‘ilgan.

Uning mashhur ishlaridan biri arxitektura yodorligi bo‘lmish O‘rda saroyi bo‘lib, unda o‘sha davr Qo‘qon hukmdori Xudoyorxon istiqomat qilgan. Ushbu saroy qurilishida 16 mingdan ziyod ustalar ishlashgan va u 1863 yildan 1870 yillar mobaynida qurilgan.

Saroy qurilishi nihoyasiga yetgacha uni bezash ishlarini xon Abdujamol, Abdujalol va Abdulla kulolga topshiradi. Ular saroyni bezash ishlarini 1873 yili nihoyasiga yetkazishadi.

Saroyni bezash mobaynida qadimiy Rishton uslubida yuqori texnologiyalarni qo‘llagan holda bajarishgan. Unda keramik texnikasidan samarali foydalanilgan bo‘lib, kichik- kichik rangli g‘ishtchalar turli shakllarda - kvadrat, romb, yulduzsimon ko‘rinishida ishlab chiqilgan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, har bir yozuvlarni ishlab chiqishda kufiy shriftidan foydalanganligi chiroy ustiga yana chiroy qo‘shib turadi.

Xudoyorxon uchchala ustalarni Abdujamol, Abdujalol va Abdulla Kulollar ishini yuqori baholab, ularni munosib taqdirlagan. Xon topshirig‘iga ko‘ra saroy fasad qismiga kufiy yozuvida shunday deb yozilgan: “Har bir rassomda Bexzod san’atidek san’at bo‘lishi, ular hatto oddiy toshga chiroy baxsh etmog‘i kerak.” Bu misralar barcha Qo‘qon xonligidagi ustalar uchun yozilgan edi. Shuning natijasida Xudoyorxon, O‘rda saroyi va ustalar O‘rta osiyo tarixiga kirgan.

Abdujamol (Usta Qo‘ri)ning asarlari O‘zbekiston davlat muzeyida saqlanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit