Abduazimova Umida


1416

Tug‘ilgan sana: 1953 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Shoirlar

Umida Abduazimova (1953 yilda tavallud topgan)-mashhur o‘zbek shoirasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

Biografiya

Toshkentda 1 iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘rta maktabni a’lo baxolarga tugatganidan so‘ng, 1970-1975 yillar davomida Toshkent davlat Universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Bo‘lajak shoira o‘zining ijodiy faoliyatini o‘zbek televideniye nashriyotida adabiy -badiiy dasturlarida ish boshlagan, undan so‘ng “Yosh Leninchi” va “Ma’rifat” respublika gazetalarida faoliyat olib bordi. Ko‘p yillar davomida “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishladi, bugungi kunga kelib esa bolalar va o‘smirlar jurnali “G‘uncha” da bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.

Jurnalistika bo‘yicha ta’lim olgan shoira o‘zining ijodiy faoliyati davomida o‘zini ikki yo‘nalishga -jurnalistika va adabiyotga bag‘ishladi. “Men faqat she’rlarimda yig‘lab kuylay olaman-boshqacha yashay olmayman”- bu shoiraning hayotdagi shioriga aylanib ulgurgan.

Umida Abduazimovaning lirik ijod namunalari to‘plami mustaqillik yillarida yuz ko‘rdi. Ijod namunalaring o‘ziga xos nomlanishidan xam shoiraning qaynab turgan qalbini his eta olishingiz mumkin: «Sevilganda», «Sevinchim», «Ishqli umrim», «Seni ko‘rgim kelaveradi», «Salom, xayot - qadimiy qo‘shiq!».

Quyidagi she’rlarni o‘qib bunga guvohi bo‘lishingiz mumkin.

Ko‘chat ekaman

Bog‘imizda tantana,

Erta tongdan shomgacha.

Chumchuq qo‘nib oladi

Devor osha tomgacha.

Qushlarning ashulasi

Bir-biriga ulanar.

Qaldirg‘och tugul hatto

Bulbul navbat tilanar.

Qushlar bazmiga makon

Bobomlar ekkan daraxt.

Uzumlarni asrolmay

Ba’zan buvimlar karaxt.

Uzum yetar hammaga,

Deyman, bobomdek kulib.

Men ham ko‘chat ekaman,

Daraxtga bola qilib.

Koptok

Tomda, tarnov oldida

Eski koptok yotibdi.

Bilmadim, qaysi bola

Uni tomga otibdi?

Qor, yomg‘irda, oftobda

Shumshayib qolibdi u.

O‘chib ketsa ham ranggi,

Go‘yoki g‘olibdir u.

Tushirmoq bo‘lib obdon

Mo‘ljalga olibdilar.

Kitob, daftar, qalamdon…

Irg‘itib tolibdilar.

Koptok-chi, qatorlashgan

“O‘q”lar bilan qolibdi.

“Tushmasang, tushma!”degan,

Do‘qlar bilan qolibdi.

O‘jar bolalar misol

Aytganini qilibdi.

O‘jar bolalar misol,

Yakkalik ne bilibdi…

Muhabbat

Muhabbat oilaning

Kenja qizi - shirini.

Nega bunday ekanin

Aytib beray sirini.

Akasiyu opasi

Ketishgach o‘qishiga,

Yordamlashar, yo‘q, demay,

Buvijonin ishiga.

Chelakchada suv sepib,

Ґovlini supuradi.

Tuproqning nondek isi

Dimoqqa ufuradi.

Dastro‘molini yuvib,

Quritadi so‘rida.

Buvisi esa maqtar

O‘tirib uy to‘rida.

Zeriktirmasdan hatto

Qo‘shiq aytib beradi.

Buvijoniga yoshlik

Paytin qaytib beradi.

Ulgurar qo‘g‘irchog‘in

Allalab uxlatishga.

Ґatto gazga choy qo‘yar

Oyijoni qaytishga.

Ґammani qarshi olar

Bir-bir: “Salom”, “salom”lab.

Erka qiz bo‘lib qolar

Dadasini achomlab.

Shirintoy

Shavkatjonning sevgani

Shirin choy, shirin choy.

Shunga hamma der uni

Shirintoy, Shirintoy.

Ichar solib novvot, qant -

Shirin choy, shirin choy.

Qo‘l yuvmas berguncha pand

Shirintoy, Shirintoy.

Qo‘li tugul yuz, quloq

Shirali, shirin choy.

Dangasa ham erinchoq

Shirintoy, Shirintoy.

Shunday qilsa bermaymiz

Shirin choy, shirin choy.

Erkalatib, demaymiz,

Shirintoy, Shirintoy.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit