Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich ​


669

Tug‘ilgan sana: 1974 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Matematiklar

Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov (Toshkent, 1974 yil) - 2014 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi mehnat va ijtimoiy aholini himoya qilish vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zosi.

Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov 1974 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodchi yo‘nalishini tamomlab, magistraturani “Xitotsubasi” nomli Yapon universitetida tugatgan.

Faoliyati

  • 1993-1996 yillarda - “Ipak yo‘li” Aksionerlik innovatsion tijorat bankida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlab keldi.
  • 1996-2004 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bosh iqtisodchi, Toshkent “Beliner Bank AG” vakolatxonasida maslahatchi, moliya loyihalashtirish bo‘lim boshlig‘i, “Uzsanoatqurilishbank” AKB moliya loyihalashtirish va savdo boshqaruvi boshlig‘i o‘rinbosari, boshliq lavozimlarida ishladi.
  • 2004-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va iqtisodiy muammolar bo‘yicha jamlangan axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i o‘rinbosari.
  • 2008-2010 yillarda Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari.
  • 2012-2014 yillarda Raqobatni rivojlantirish va demonopolizatsiya, rasmiylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisi.
  • 2014 yil 4 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi mehnat va ijtimoiy aholini himoya qilish vaziri etib tayinlandi.  
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit