Abduhalimov Bahrom Abduraximovich


829

Tug‘ilgan sana: 1959 Fevral 27
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Tarixchilar

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (2011 yildan hozirga qadar). Tarix fanlari doktori. Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim. 1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1981 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ni tamomlagan. O’zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo’lim boshlig’i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta monografiya muallifi. 1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit