Abdulla Kulol


543

Tug‘ilgan sana: 1797 yil
Vafot etgan sana: 1872 yil
Tug‘ilgan joyi: Rishtan
Yo‘nalishlar: Haykaltaroshlar

Abdulla Kulol - tahallusi Kali Abdullo (Tepa kal) bo‘lgan 1797 y., Rishton Qo‘qon xonligi - 1872 y., Rishton, Qo‘qon xonligi - Ganchkor, aka-uka Abdu Jalol, (Usta Jalil) va Abdu Jamil,(Usto Kuri) larning shogirdi. O‘zbekiston Xalq rassomi, Xalq ustasi, Davlat mukofotlari lauriyati Usta Ibrohim Komilovning bobosi.

Abdulla Kulol 1797 yili Rishtonda, Norbuta-biy xonligi davrida ganchkorlar oilasida tug‘ilgan. Aka-uka Abdu Jalol,(Usta Jalil) va Abdu Jamil,(Usto Kuri) larning shogirdi. Farg‘ona vodiysidagi ustalarning ustozi bo‘lgan.

Xudoyorxon o‘z davrida Rishtonda Bog‘i-Xon nomli qarorgoh qurdiradi. Bu yerda ganchkorlar uchun bazm uyushtiradi. Bu bazmga Abdulla Kulo kelmaydi, Xudoyorxon g‘azab otiga minib, Abdulla Kulolni uyiga boradi. Shunda Abdulla Kulol xonning kelishini eshitib, pechkaningi ichiga berkinib oladi. Xon askarlariga Abdulla Kulolni topishni buyuradi. Abdulla Kulol esa pechka ichidan o‘zi yasagan chiroyli kuza bilan xonning oldiga chiqib keladi va unga “Men Siz uyushtirgan bazmga qo‘ruq qo‘l bilan bora olmasdim, shuning uchun kuzani yasashga vaqtim ketdi, kuzani Sizga sovg‘a qilaman” deydi. Shunda xonga uning sovg‘asi ma’qul kelib, uni o‘zi bilan bazmga olib ketadi va unga tilla tangalar beradi.

XIX asrning arxitektura yodgorliklaridan biri O‘rda saroyi bo‘lib, unda o‘sha davr Qo‘qon hukmdori Xudoyorxon istiqomat qilgan. Ushbu saroy qurilishida 16 mingdan ziyod ustalar ishlashgan va u 1863 yildan 1870 yillar mobaynida qurilgan. Saroyni fasad qismini bezashda Abdujamol, Abdujalol va Abdulla Kulol bajarishadi. Ular saroyni bezash ishlarini 1873 yili nihoyasiga yetkazishadi.

Saroyni bezash mobaynida qadimiy Rishton uslubida yuqori texnologiyalarni qo‘llagan holda bajarishgan. Unda keramik texnikasidan samarali foydalanilgan bo‘lib, kichik- kichik rangli g‘ishtchalar turli shakllarda - kvadrat, romb, yulduzsimon ko‘rinishida ishlab chiqilgan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, har bir yozuvlarni ishlab chiqishda kufiy shriftidan foydalanganligi chiroy ustiga yana chiroy qo‘shib turadi.

Xudoyorxon uchchala ustalarni Abdujamol, Abdujalol va Abdulla Kulollar ishini yuqori baholab, ularni munosib taqdirlagan. Xon topshirig‘iga ko‘ra saroy fasad qismiga kufiy yozuvida shunday deb yozilgan: “Har bir rassomda Bexzod san’atidek san’at bo‘lishi, ular hatto oddiy toshga chiroy baxsh etmog‘i kerak.” Bu misralar barcha Qo‘qon xonligidagi ustalar uchun yozilgan edi. Shuning natijasida Xudoyorxon, O‘rda saroyi va ustalar O‘rta osiyo tarixiga kirgan.

Usta Ubdulla Kulolning asarlari O‘zbekiston davlat muzeyida va Moskva, Sankt-Peturburgdagi muzeylarda saqlanadi.

Abdulla Kulol shajarasi:

  • O‘g‘li - Usta Komil - Rishton ganchkorlari oqsoqoli
  • Nevarasi - Usta Ibrohim Komilov - O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Xalq ustasi, Davlat mukofotlari lauriyati
  • Evarasi - Xalima Ergasheva, sopol idishlar ustasi, ganchkorlikning texnikasi va jarayoni bilimdoni
  • Evarasi - Komilov Ismoiljon, sopol idishlar ustasi, ganchkorlikning texnikasi va jarayoni bilimdoni
  • Evarasi - Komilov Isroil, sopol idishlar ustasi, ganchkorlikning texnikasi va jarayoni bilimdoni
  • Evarasi - Komilov Muzaffar, sopol idishlar ustasi, ganchkorlikning texnikasi va jarayoni bilimdoni
  • Evarasi - Komilov Sharofiddin, sopol idishlar ustasi, ganchkorlikning texnikasi va jarayoni bilimdoni
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit