Abdullayev Abdulahad Abdullayevich


669

Tug‘ilgan sana: 1928 yil
Vafot etgan sana: 2012 yil
Tug‘ilgan joyi: Marg‘ilon
Yo‘nalishlar: Rejissyorlar, Yozuvchilar, Tarjimonlar

Abdulahad Abdullayevich Abdullayev (1928, Marg‘ilon, Farg‘ona viloyati. - O‘zbekiston va sobiq SSR davlat va teatr arbobi, san’atshunos, tarjimon. O‘zbekiston SSR davlat kinos raisi (1974)

1951 yilgi sobiq V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti Sharqshunoslik fakulteti bitiruvchisi.

O‘qishni tugatgach u O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashkilotlarida ishlagan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi boshqarmasi boshlig‘i, stsenariylar yaratish bo‘limi boshlig‘i, xodimlar bo‘limi boshlig‘i, so‘ng Xamza nomidagi Akademik drama teatri direktori, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori lavozimlarida ishlagan.

U 1974 yili O‘zbekiston Davlat kinosi raisi bo‘lishi bilan birgalikda Osiy mamlakatlari, Afrika va Lotin Amerikasi kabi davlatlarning Toshkentdagi xalqaro kinofestivali direktori ham bo‘lgan.

U shuningdek, badiiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilgan.

“O‘zbekiston kinodramaturgiyasi tarixi ochergi” (1963), “O‘zbek kinosining ellik yilligi” (1976), “Kino va yillar”, “Ekranlar aro musobaqa”. Kiofestival materiallari”(1980) kabi kitoblar muallifi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit