Abdullayev Mo‘minjon


1541

Tug‘ilgan sana: 1989 May 24
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Mo‘minjon Abdullayev (1989 yilning 24 mayida O‘zbekistonda tavallud topgan) - o‘zbek yunon-rum kurashchisi.

Faoliyati

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mo‘minjon Abdullayev 2016- yili avgust oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Yozgi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

130 kg vazn toifasidagi vakilimiz Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan Olimpiadaga birinchi dunyo litsenzion turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, olimpiya o‘yinlari chiptasiga ega bo‘ldi.

Abdullayev avvaliga nimchorak final bosqichida gretsiyalik Nikolaos Leonni 10:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalda eronlik polvon Amir Muhammadali Gasemimonjaziga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Turnir davomida ishtirok etgan hamyurtimiz vengriyalik Balint Lamlanni (8:0) yengdi va bronza medali uchun kechgan bahsda belarussiyalik Iosif Chugoshvilini yengdi.

Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan uchrashuvda yana bir bronza medal sohibi bolgariyalik Miroslav Metodiyevni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit