Abdulov Gavriil Danilovich


691

Tug‘ilgan sana: 1908 Mart 24
Vafot etgan sana: 1980 Fevral 24
Tug‘ilgan joyi: Rossiya
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

1908 yil 7 aprel kuni Krasnoye (hozirgi Smolensk viloyatida) tug‘ilgan. Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist (12.01.1956). O‘zbekiston SSR da xizmat ko‘rsatgan artist (1958). Qoraqalpog‘iston ASSR da xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

Moskva kinematografiya institutini tamomlagan.

1931 yil “Mosfilm” kinofabrikasida ishlashni boshlagan. 1932 yildan Olma-ota (1932-1933), Uralsk (1933-1935), Suxumi (1935-1937) teatri badiiy boshqaruvchisi va aktyori.

1937 yildan 1951 yilga qadar Farg‘ona rus teatri bosh rejissyori.

Ikkinchi Jahon urushi vaqtida o‘z ixtiyori bilan frontga ketadi, 2-Boltiqosti 2-nchi fronti 6-gvardiya armiyasi 67- gvardiya shichi diviziyasi 68-alohida gvardiya razvedrota qo‘mondoni, kapitan, besh marotaba yaralangan. Orden va medallar bilan mukofotlangan.

1952 yildan 1956 yilga qadar Tobol teatrida ishlab, ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanibgina qolmagan, uning aktyorlik va rejissyorlik ishlari ham maqtovga loyiq.

Abdulov teatrni boshqarish davrlari afsonaviy “tobolsk uychasi” binosi tarixga taxtali me’morchilik va sibir teatri ko‘rinishda kirgan. Direktorning tashabbusi bilan bino yoniga minora qurilgan bo‘lib, noyob arxitektura ansamblini munosib tarzda yakunlagan.

  • 1956 yil Farg‘onaga qaytib, Farg‘ona rus teatrining badiiy rahbari lavozimini egallagan.
  • 1962-1963 yillar Michurin teatri badiiy rahbari.
  • 1980 yil 24 fevral kuni Farg‘onada dunyodan ko‘z yumadi.

Teatrdagi faoliyati

  • Boris Volgin - "Chudak" (G‘alati) (1932)
  • Chapayev - "Chapayev" (1936)
  • Kostya Kapitan - "Aristokrati" (Oqsuyaklar) (1936)
  • V.I.Lenin - "Chelovek s rujyom" (Qurolli odam) (1939)
  • V.I.Lenin - "Kremlyovskiye kuranti" (Kreml kurantlari) (1940)
  • V.I.Lenin - "Lenin v 1918 godu" (Lenin 1918 yilda) (1940)
  • V.I.Lenin - "Imenem revolyutsii" (Inqilob nomi bilan) (1958)

Rejisserlik ishlari:

  • "Na stalnix putyax" (Po‘lab yo‘llarda) Atabekov (1939)
  • "Pogranichniki" (Chegarachilar) Bill-Belotserkovskiy (1938)
  • "Za Rodinu" (Xalq uchun) Po‘lat (1939)
  • "Russkiy vopros" (Ruscha savol) Simonov (1947)
  • "Pesnya jizni" (Hayot qo‘shig‘i) Uyg‘un (1948)
  • B. Lavrenev "Razlom" (Yoriq)
  • Gou i D'Yusso "Glubokiye korni" (Chuqur ildizlar)
  • A. Korneychuk "Krilya" (Qanotlar)
  • A. Afinogenov "Mat svoix detey" (Bolalarning onasi)
  • I. L. Robin "Gordost Rossii" (Rossiya g‘ururi)

Mukofotlari va ordenlari

Qizil yulduz ordeni 1944 yil.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit