Abdulxay Bag‘dodiy


495

Tug‘ilgan sana: 1460 yil
Vafot etgan sana: 1522 yil
Tug‘ilgan joyi: Bag‘dod
Yo‘nalishlar: Rassomlar, O`rta asr arboblari

Abdulxay Bag‘dodiy (fors. عبد الحي البغدادي) - XIV yoki XV asrda Temuriylar davrida yashagan rassom. Amir Temur tomonidan Samarqandga chaqirilgan va Samarqanddagi san’atlar ustaxonasida bosh rassom sifatida xizmat qilgan. Amir Temur saroyining asosiy rassomlaridan biri bo‘lgan. Bog‘i shamol saroyi va boshqa saroylar devorlaridagi suratlar va miniatyuralar muallifi hisoblanadi. Temuriylar davridagi yana bir rassom - Pir Axmad Bog‘ishamoliy zamondoshi bo‘lgan. Bag‘dodiyning vafotidan so‘ng, Pir Axmad Bog‘ishamoliy uning san’at uslubini davom ettirdi.

Bizning zamongacha Abdulxay Bag‘dodiyning ishlari juda kam yetib kelgan. Berlindagi islom san’ati muzeyida uning ikki miniatyurasi - “O‘rdak” va “Jang” saqlanadi. Stambuldagi Topkopu saroyida esa uning yana ikki miniatyurasi, uning imzosi bilan mavjud. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit