Abdurahmonov Bekzod Mahamadjonovich


1664

Tug‘ilgan sana: 1990 Mart 15
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Bekzod Maxamadjonovich Abduraxmonov (lot. Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov; 15 mart 1990 yil)— amerika i o‘zbek erkin kurashchisi, Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionati sovrindori.

Tarjimai hol

1990 yili Toshkentda tug‘ilgan. B.Abduraxmonov Respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning erkin kurash turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U 2007 yil Navoiyda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi.

2008 yil Qirg‘izistoning O‘sh shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2012 yilning 15-19 mart kunlari Amerika qo‘shma shtatlarida o‘tkazilgan talabalar o‘rtasidagi Amerika chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2014 yili 2 o‘rinni egallagan, Osiyo o‘yinlari chempioni va jahon chempionati bronza medali sovrindori bo‘lgan.

2014 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarida Deyv Shults xotirasiga bag‘ishlangan memorial turnirining kumush, Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionati bronza medali sohibi. Osiyo o‘yinlari g‘olibi.

“E’tirof-2014” tanlovida ”Yilning eng yaxshi sportchisi” deb tan olingan.

2015 yil Bakudagi Golden Gran-pri finalida g‘olib chiqqan.

2015 yil Dohaning Qatar shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medaliga sozovor bo‘lgan.

2016 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shahrida o‘tkazilgan “Halqaro Gran-pri” turnirida kumush, may oyida Turikiyaning Istanbul shahrida o‘ztkazilgan xalqaro turinirda oltin medalga sazovor bo‘lib Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Jamoat ishlarida faol. “Biz - sportchilar oilasimiz” shiori ostida mahallada o‘tkaziladigan sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

B.Abduraxmonov sportchilarga xos soddadil, kamtarin inson, matonatli sportchi sifatida jamoadoshlari va ustoz-murabbiylari orasida hurmat qozongan.

Medallar

Erkin kurash
Jahon chempionatlari
Bronza Toshkent 2014 70 kg gacha
Osiyo o'yinlari
Oltin Inchxon 2014 70 кg gacha
Osiyo chempionatlari
Oltin Doxa 2015 70 кg gacha
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit