Abdurahmonov Firdeus Ahmadxonovich


1272

Tug‘ilgan sana: 1937 Dekabr 26
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Abduraxmanov Firdeus Axmetxonovich 1937 yil 6 dekabrda Turkmaniston Respublikasi, Chorjuy viloyatidagi Kerki shahrida tug'ilgan - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi.

1954 yildan Kerki shaxridagi maktabda bir vaqtning o'zida sportning bir necha turi - voleybol, basketbol, qo'l to'pi, yengil atletika bilan shug'ullana boshlaydi. Armiya xizmatigacha P. R. Shevelev, harbiy xizmat paytida V. Tokarev, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida V.B.Sevastyanov murabbiyligida mahoratini oshira boradi. 1963 yili 4-kursda o'qiyotgan paytida institut terma jamoasiga murabbiy bo'ladi. Jamoa 1968, 1970, 1972 yillarda talabalar orasida mamlakat chempionligiga, 1972-73 yillarda oliy liga chempionatida oltinchi o'rinni egallashga erishadi.

Chorak asrdan ko'proq davr mobaynida O'zbekiston terma jamoasiga katta murabbiy bo'lib kelgan. Uning boshchiligida respublika ayollar terma jamoasi 1997 yilgi Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni egallab, Germaniyada o'tadigan jahon chempionatida qatnashish xuquqini ko'lga kiritdi.

Unvoni
Respublika toifasidagi hakam, sport ustasi
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit