Abdurahmonov G'ulom


1382

Tug‘ilgan sana: 1910 May 1
Vafot etgan sana: 1987 May 15
Tug‘ilgan joyi: Turkiston
Yo‘nalishlar: Qo`shiqchilar, Aktyorlar

G‘ulom Abduraxmonov (1 [14] may 1910 yil Turkiston — 15 may 1987 yil) — sovet, o‘zbek opera qo‘shiqchisi (tenor), O‘zbekiston SSR Xalq artisti (1950).

Biografiya

1929 yildan Samarqand musiqa teatrida sahnaga chiqqan. 1939 yili Moskva konservatoriyasi tarkibidagi O‘zbek opera studiyasini tamomlagan.

1939—1955 yy. — O‘zbek opera va balet teatri solisti. 1954—1980 yy. O‘zbek filarmoniyasida solist bo‘lib ishlagan.

Oilasi

Turmush o‘rtog‘i - Zuxra Fayziyeva, opera qo‘shiqchisi.

Qizi - Dilbar (1936 yilda tug‘ilgan) - dirijer, SSSR Xalq artisti (1977).

Ijodi

Opera partiyalari

-Qodir (“Gulsara” R.Glier va Sodiqov);

-Tohir (“Tohir va Zuxra” Djalilov va Brovtsin);

-Farxod (“Farxod va Shirin” Djalilov va Brovtsin);

-Majnun (“Layli va Majnun” R.Glier va Sodiqov);

-Jo‘ra (“Bo‘ron” M.Ashrafi va S.Vasilenko);

-Bo‘tanuz (“Buyuk kanal” M.Ashrafi);

-Rovshan (“Kyor-ogli” U. Gadjibekov).

Kontsert dasturlarida opera ariyalariva qo‘shiqlarini ijro etgan (mashhurlari «Iroq», «Aylading», «Endi sendek», «Sarvigul», «Xush kelibsiz», «Ko‘ngul», «Yor kelur», «Zamonamiz lochinlari», «Muborak», «Sevmasdan bo‘lurmi», «So‘lim diyor», «Cho‘pon qo‘shig‘i»).

Mukofotlar

-O‘zbekiston SSR Xalq artisti (1950).

-3-chi darajali Stalin premiyasi (1951) - Glier va Sodiqovning “Gulsara” operasida Qodir partiyasini ijro etgani uchun.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit