Abdurahmonova Dilbar G‘ulomovna


1364

Tug‘ilgan sana: 1936 yil
Tug‘ilgan joyi: Moskva
Yo‘nalishlar: Qo`shiqchilar

Dilbar G‘ulomovna Abduraxmonova (lot. Abdurahmonova Dilbar Gʻulomovna; 1 may 1936 yil, Moskva) — sovet, o‘zbek dirijyori, skripkachi, pedagog. SSSR Xalq artisti (1977). O‘zbekistondagi birinchi ayol-dirijyor.

Biografiya

Dilbar Abduraxmonova 1 may 1936 yil Moskvada tug‘ilgan.

1948-1955 yy. R. Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabida (hozir — R. Gliera nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi) skripka sinfida o‘qigan (bir vaqtni o‘zida 110-chi matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qigan). Toshkent davlat konservatoriyasini (hozir — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) B. Titelya qo‘lida skripka bo‘yicha 1959 yili, opera-simfonik dirijyorlik bo‘limini (M. Ashrafi sinfi) 1960 yili tamomladi.

O‘qish vaqtida, 1957-1960 yillari - A.Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatr (A.Navoiy nomidagi avlat Akademik katta teatri) orkestrida skripkachi.

1957 yili talaba-dirijer sifatida Moskvada Yoshlar va talabalarning jahon festivalida ishtirok etdi.

1960 yili A.Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatrida dirijer, 1974-1990 yillarda - bosh dirijer va badiiy rahbar, hozirgi kunlarda - dirijer-postanovshik.

1959 yilidan boshlab xorijda O‘zbekiston san’ati va madaniyati dekadalarida ishtirik etgan. SSSR shaharlarida, hamda Misr (1966), Germaniya, Ruminiya, Tayland, Singapurda gastrollarda bo‘lgan.

1982 yili A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-badiiy institutining (hozir - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) Teatr ishi iqtisodiyoti va rejasi sirtqi bo‘limini tamomlagan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida opera ijrosi bo‘yicha dars beradi (professor).

1965 yilida KPSS a’zosi.

Oilasi

Otasi - G‘ulom Abduraxmonov (1910-1987), opera qo‘shiqchisi, O‘zbekiston SSR Xalq artisti (1950).

Onasi - Zuxra Fayziyeva, opera qo‘shiqchisi.

Turmush o‘rtog‘i - O‘tkir Abdullayevich Shomurodov (1934), muhandis.

Qizlari - Lola va Ra’no.

Mukofotlari

-O‘zbekiston SSR Xalq artisti (1969);

-SSSR Xalq artisti (1977);

-Xamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti (1973);

-“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (O‘zbekiston) (2012);

-“Xalqlar do‘stligi” ordeni (22.08.1986);

-“Shuxrat” medali (O‘zbekiston) (2001).

D.Abduraxmonova repertuarida 60 dan ortiq opera va spektakl mavjud.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit