Abduraimov Azamat Beradorovich


2726

Tug‘ilgan sana: 1966 Aprel 27
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Abduraimov Azamat Beradorovich  — sobiq sovet va o’zbek futbolisti, “Andijon” klubining bosh murabbiysi. Berador Abduraimovning o’g’li. O’zbekiton komandasi tarkibida 1994 yilgi Osiyo o’yinlari chempioni. Xerosimada bo’lib o’tgan XII Osiyo o’yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

U 1966 yildagi Toshkent zilzila kunida tug’ilgan.

U otasining taklifiga binoan 1969 yilda Moskvaga ko’chib borgan va bolaligini o’tkazgan. Bolaligada hokkey va futbolda faol ishtirok etgan, lekin oxir-oqibat yakuniy qarorda futbol ustunlik qilgan.

MFM tarbiyalanuvchisi. Shu jamoada katta futboldagi o’z chiqishlarini boshlagan.

1984 yil Moskvaning “Spartak” jamoasida ba’zi vaqtlarda ikkitadan gol urgan, shundan keyin u SKA (Rostov-Don) (9 o’yinda ikkitadan gol)ga “harbiy xizmatga” yuborilgan. So’ngra SSKA orqali “Paxtakor” ga ko’chirilgan va 1-ligada o’ynagan. Toshkent klubdalik vaqtida Berador Abduraimov o’g’lini chaqirib rahbarlik qilgan.

U toshkent klubida 4 yil o’tkazdi. 1990 yilda uni “Spartak” klubiga taklif qilishdi, lekin u rad qilgan.Shunday bo’lsada “Paxtakor” klubining yangi bosh murabbiyi Fedor Novikov bilan munosabatlari yaxshi emasligi sababli, yil o’rtasida u “Spartak” jamoasida o’tda.

U 1990 yilning 2-yarmidan Oliy ligada Moskvaning “Spartak” jamoasida 3 ta o’yin o’tkazdi. Shu bilan birga u ko’pincha “Spartak” jamoasida zaxira tarkibida o’ynab, 9 o’yinda 7 ta gol o’rdi. 1991 yilgi mavsuvda “Pomir” oliy liga klubi bo’lib o’tdi va shundan keyin uni ijaraga so’rashdi.

1992 yil qisqa vaqt sobiq “Spartak” jamoasining o’yinchilari Sergey Novikov va Boris Kuznetsov bilan birglikda Bangladeshning “Moxammedan” jamoasi uchun o’ynadi. U 17 ta gol bilan Bangladeshning eng yaxshi to’purari bo’lgan, ketma-ket 3 ta o’yinda 10 ta gol (ikki marta 3 tadan va bir marta 4 ta) kiritib chempionat rekordini o’rnatgan.

U yilning o’rtalarida O’zbekistonga qaytib Navbahor va SSKA (Toshkent) klublari uchun o’ynadi.

U 1994 yilda “Paxang” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

1995 yilda O’zbekiston oliy ligasida o’ynadi, so’ngra Saudiya Arabistonining “Al-Vahda” klubidan tushgan taklifni qabul qildi. 1996 yilda “Paxtakor” jamosiga qaytib keldi va bir necha yil to’p surdi.

U 2000 yilda qisqa vaqt Hindistonning Salgaokar jamoasida o’ynadi va yana “Paxtakor” klubiga qaytdi. Katta futbolda so’ngi jamoalari “Do’stlik” va NPU-Osiyo bo’ldi. U oxirida bir vaqtning o’zida klubda o’ynadi hamda murabbiy bo’lib ishladi.

U “Ardus” mini-futbol klubida o’ynadi, shuningdek bosh murabbiylik ham qildi.Shu bilan birga klub mamlakat chempioni bo’ldi. U 2003 yildan boshlab mini-futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasiga rahbarlik qilgan. U 2005 yilda bu ikkala postni ham tashlab ketti.

U 2004 yilda VSHT ga kirdi va 2006 yilda tugatdi. Vaqt o’tishi bilan “Bayer” klubida o’quv amaliyot o’tkazdi. U 2005 yilda Rossiya futbol ittifoqi tomonidan tuzilgan “Milliy futbol” fondi bosh direktori lavozimida ishlagan. Moskvada futbol federatsiyasi maxsus vakili bor edi.

2008 yilda (oktyabr) - Bunyodkor klubi bosh direktori. 2009-2010 yillarda - “Dinama” (Samarqand) klubining bosh murabbiyi.

2012 yil - O’zbekiston (U-23) yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi. 2012 yil ikkinchi yarmi – “Andijon” klubi bosh murabbiyi. Azamat Abduraimov 2014 yil oxirida “Andijon” FKning Bosh murabbiyligidan chetlashtirishlarini so’rab bayonot yozgan.

Afsonaviy futbolchi Azamat Abduraimov bilan suhbat.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit