Abduraimov Birodar Xasanovich


2187

Tug‘ilgan sana: 1943 May 14
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Birodar (Erkin) Xasánovich Abduraímov (lot. Birodar Hasanovich Abduraimov; 14 may 1943 yil, Toshkent, O‘zbekiston) — futbolisti, hujumchi, murabbiy. Sport ustasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi (1990).

O‘zbekistonda Abduraimov futbolchilari silsilasi asoschisi - 90 yy. da Osiyoning turli klublarida uning beshta o‘g‘lidan uchtasi o‘ynagan — Azamat, Djasur i Baxodir.

Karera

Sportni kurash va boksdan boshlagan. Xattoki, erkin kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni (48 kg) bo‘lgan. Ammo Toshkentdagi “Spartak” stadionidagi Yoshlar futbol maktabi murabbiyi Birodarni faqat futbol o‘ynashga majburlagan. Keyinchalik kurashning Toshkent jismoniy tarbiya instituti diplomini olishga foydasi tekkan (uch turdagi sportda razryad talab etilgan). Futbol kafedrasi bo‘lmagan va Abduraimov Yuriy Pshenichnikov bilan darvozabon sifatida Qo‘l to‘pi kafedrasida ixtisoslashgan.

1960 yili toshkentning “Paxtakor”i sovet chempionatining oliy ligasida ishtirok etdi va 17 yoshlik Birodar olmaotalik “Kayrat” ga qarshi o‘yinda hisobni ochgan.

1960-1968 yillari va 1970-1974 yillari “Paxtakor” o‘ynagan, 1969-1970 yil orlig‘ida moskvaning MXSK sida o‘ynagan.

Yutuqlari

  • SSSR chempionatining eng yaxshi bombardiri: 1968 (22 ta to‘p)
  • SSSR birinchi ligasining eng yaxshi bombardiri: 1972 (34 ta to‘p)
  • Grigoriy Fedotov klubi a’zosi: 106 ta to‘p
  • Paxtakor FK komanda uchun ishtiroki bo‘yicha rekord: 358 ta match
  • Osiyo o‘yinlari chempioni: 1994 (murabbiy sifatida)
  • Uning nomiga o‘zbek bombardirlari klubi nomlangan-Birodar Abduraimov klubi
  • Yoshlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Mukofotlar

  • «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan
  • O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Iftixori» sharafli nomi laureati: 2003 yil
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit