Abduraimov Elnur Nurgaliyevich


74

Tug‘ilgan sana: 1994 Iyun 10
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni, “Uzbek Tiger” jamoasi a’zosi, boksda o‘z texnikasi bilan barchaning e’tiboriga tushgan iste’dodli bokschi Elnur Abduraimov.

Abduraimov Elnur Nurgaliyevich 1994 yili 10 iyunda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Sportga bo‘lgan qiziqishi uni boksga yetaklagan. Dadam sababli boksni tanlaganman, deydi Elnur. Ular ham o‘z vaqtida yuqori saviyali bokschi bo‘lganlar. Qonimda bor sheklli, men ham ushbu sport turiga bog‘lanib qoldim. Esimni taniganimdan beri boksdaman. Ya’ni, 5-6 yoshimdan boks qo‘lqopini kiyib katta bo‘lganman. Boksdan boshqa sport turlariga ham borib ko‘rganman. Futbol, karate bilan shug‘ullanganman. Lekin baribir boks ustunlik qilgan.

Bolaligimda shaharlararo o‘tkazilgan musobaqada 26 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqanman. O‘sha turnirdagi g‘alaba men uchun birinchisi bo‘lgan.

Birinchi ustozim dadam. Ular hozir ham shaxsiy murabbiy sifatida meni janglarga tayyorlaydilar. Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga kirganimdan keyin To‘lqin Qilichev, Rustam Saidov kabi tajribali murabbiylardan ham ko‘p narsa o‘rgandim.

2015 yilgi jahon chempionatida olimpiya litsenziyasi o‘ynalgan. Jahon chempionatida ikkita uchinchi o‘rinni olgan bokschilar Rio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun o‘zaro jang qilishi kerak edi. Men braziliyalik Robson Kanseysao bilan jang qilganman. To‘g‘risi, uni yengishimga o‘zim ham ishonmaganman. Ustozlarim ham uncha ishonch bildirmagan, faqat “Elnur litsenziya kerak bo‘lsa harakatingni qil!”, deyishgan. Men bor kuchimni ishga solib, raqibni yengganman. Keyinchalik, Robson ham o‘z vatanidagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi va yakunda chempion bo‘ldi.

Taqidirimga Rio Olimpiadasiga borish yozilmagan ekan, mening vaznimda Braziliyaga Xurshid Tojiboyev ketdi. U ARV yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgani uchun olimpiya litsenziyasiga ega bo‘lgandi.

2017 yil 30 aprel - 7 may kunlarida Mamlakatimiz Boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Barcha vazn toifasida mamlaatimiz bokschilari yaqqol ustunlik bilan yuqori natijalarni qayd etishti.

60 kg vazn toifasida ringa ko‘tarilgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov Hindiston vakili Shiva Tapa bilan oltin medal uchun kurash olib bordi.

Jang davomida raqibini bosim ostida ushlab tura olgan bokschimiz o‘zining chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan tamomlab, 60 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

2017 yilning oktyabr oyida Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda Elnur Abduraimov 64 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erishgan natijalari


Yil                                        Musobaqalar o‘rin
2009 “Kubok-2009” H. Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan VII Xalqaro turnir, Ozarbayjon 3-o‘rin
2010 M.K.Xayrutdinoov xotirasiga bag‘ishlangan 9- Xalqaro turnir, Qozog‘iston 1 - o‘rin
2012 Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan 5- Xalqaro turnir, Rossiya 3-o‘rin
2012 “A” toifadagi aka-uka Klichkolar tomonidan tashkil etilgan XIV Xalqaro turnir, Ukraina 2-o‘rin
2015 Boks bo‘yicha Jahon chempionati, Doxa 3-o‘rin
2015 Boks bo‘yicha Osiyo chempionati, Bankok 3-o‘rin
2017 Boks bo‘yicha Osiyo chempionati, Toshkent 1 -o‘rin
2017 Boks bo‘yicha Xalqaro turnir, Qozog‘iston 1 -o‘rin
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit