Abdusattorov Nodirbek


92

Tug‘ilgan sana: 2004 Sentyabr 18
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Nodirbek Abdusattorov 2004 yilning 18 sentyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan.Shaхmat sirlarini 3.5 yoshidan boshlab o‘rgana boshlagan. Yosh bo‘lishiga qaramay shahar, respublika va Xalqaro miqyosdagi turnirlar g‘olibi. Nodirbek 2012 yili FIDE Masteri faxrli unvoniga, 2017 yilda nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, Xalqaro Grossmeyster faxrli unvoniga sazovor bo‘ldi.

Yosh shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2011 yili ikki yirik musobaqa - Hindistonda maktab o‘quvchilarining Osiyo chempionatida oltin va Filippinda o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2012 yil Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan, Hindistonning Dehli shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi VIII Osiyo chempionatining rapid - tezkor shaxmat bahslarida kumush medal bilan taqdirlangan.

2014 yili poytaxtda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida Nodirbek Abdusattorov o‘n yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan, blits turnirda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha 8-18 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan.

2016 yili Rossiyaning Sochi shahri mezbonlik qilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkita oltin medalga sazovor bo‘lgan. 2016-2017 yillarda Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, xalqaro grossmeyster talabini bajargan.

Jahon arenasida erishgan natijalari:

2012 yil 8 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida jahon chempioni (Maribor, Sloveniya), FIDE Masteri;

2014 yil 10 yoshgacha o‘g‘il bollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rin (Durban, JAR);

2015 yil 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida jahon chempioni (Porto Karras, Gretsiya);

2016 yil sentyabrda xalqaro Master talablarini bajardi (Kuala-Lumpur, Malayziya);

2016 yil oktyabrda M.Chigorina xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda grossmeystr unvonining 1- talabini bajardi (Sankt-Peterburg, Rossiya);

2016 yil 13 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempioni (Sochi, Rossiya);

2017 yil avgustda nufuzli xalqaro musobaqada grossmeystr unvonining 2- talabini bajardi (BAA, Abu-Dabi);

2017 yil 29 oktyabrda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, xalqaro grossmeyster unvonining barcha talablarini bajardi (Sankt-Peterburg, Rossiya).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit